• KLIRING PALATASI (ing., lot.)
  • KOLL OPSIONI
  • KOLLEKTIV MULK
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet423/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   419   420   421   422   423   424   425   426   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    KLIRING BITIMI (ing.) — muqobil talab va tashqi savdodagi majburiyatlarning markazlashgan o‘zaro sinovi to‘g‘risida bir necha mamlakat hukumatlari va markaziy banklari o‘rtasidagi bitim. Banklar o‘rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblar hisob-kitob palatalari orqali amalga oshiriladi, bular fond va tovar birjalarida tuzilgan bitimlar bo‘yicha hisob-kitoblar va ularning bajarilishini amalga oshiradi.
    KLIRING PALATASI (ing., lot.) o‘zaro talablar sinovi asosida birja bitimlari ishtirokchilari o‘rtasida hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi birja va birjaaro organ.
    KLIRING VALUTASI (ing.) — hisob-kitob valuta birliklari. Bunda banklarda hisob yuritiladi va kliring xilidagi to‘lov bitimlarini tuzuvchi mamlakatlar o‘rtasida har xil operatsiyalar o‘tkaziladi. K.v. faqat naqd pulsiz shaklida — bank hisoblaridagi buxgalter yozuvlari tarzida faoliyat qiladi. Tovar yetkazib berishni o‘zaro kreditlash va to‘lov bitimlari ishtirokchi mamlakatlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatish ularning manbasi hisoblanadi. K.v. erkin konvertirlanadigan, qisman konvertirlanadigan va yopiq valutalar bilan hech qanday umumiylikka ega emas. KOD (Cod) — ayrim axborotlarning simvolik tarzda taqdim etilishi.
    KOGNITIV KOMPONENT; BILIM (Knowledge / Cognitive compo-nent) — marketing olamida iste’molchi u yoki bu mahsulotga oid ega bo‘lgan axborotlar.
    KOGORTA (Cohort) — 12 yildan oshmaydigan yosh farqiga ega bo‘lgan, bitta va aynan shunday siyosiy, iqtisodiy va madaniy-tarixiy majburiyatlar ta’siri ostida shakllangan fuqarolar guruhi. Termin ildizlari Rim imperiyasida mavjud bo‘lgan armiya birligi nomlanishiga borib taqaladi.
    KOLL OPSIONI - kelishilgan muddat mobaynida opsion yozib bergan shaxsdan belgilangan narx va miqdorda mahsulotlarni yoki qimmatli kog‘ozlarni xarid qilish huquqini beruvchi shartnoma.
    KOLL OPSIONI “KAPALAK” SPREDI - valuta birjasida qimmatli qog‘ozlarning xarid qilish va sotish kursi o‘rtasidagi farqdan foyda ko‘rish maqsadida amalga oshiriladigan bitim. Koll opsioni muayyan muddatdan keyin belgilangan kursda investitsiyalarni xarid qilish huquqini beradi.
    KOLLEKTIV MULK — ishlab chiqarish sharoitlari xususida kishilar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar xili bo‘lib, bunda umumiy maqsad bilan birlashgan jamoa unga birgalikda egalik qiladi, foydalanadi, buyruq beradi. Kollektiv mulk — mulk ob’ektlarining uning egalari orasida hissasiga qarab bo‘linishi, ularni har qanday boshqa iqtisodiy sub’ektlarga sotish imkoniyati va har bir mulkdorning mulk taqdiri uchun mas’uliyati bilan xarakterlanadi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   419   420   421   422   423   424   425   426   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.