• KERB
  • KEYRETSU
  • KREOL NEOLIBERALIZMI”
  • KENGAYTIRILGAN TAKROR ISHLAB CHIQARISH




    Download 0,64 Mb.
    bet419/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    KENGAYTIRILGAN TAKROR ISHLAB CHIQARISH – ishlab chiqarilayotgan mahsulotning miqdori navbatdagi har bir ishlab chiqarish siklida ko‘payib, sifati yaxshilanib boradi.
    KEP BITIMI - bank ustama haq evaziga qarz mablag‘larining belgilangan qiymatini mijozga kafolatlaydigan bitim.
    KERB - savdo mavsumidan so‘ng yoki birja yopilganidan keyin amalga oshiriladigan bitimlar.
    KEYNSCHILIK – davlatning iqtisodiyotga haddan tashqari ko‘p aralashuviga qarshi bo‘lgan iqtisodiyot nazariyasidan yo‘nalish. Bu ta’limot hozirda ham dolzarbligicha qolmoqda. Uning asoschisi Lord Djon Meynard Keynsdir (1883-1946). Uning bosh asarlarida “Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” (1936) uning nazariyasi va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish dasturi bayon qilingan. Keynschilik ta’limoti qator iqtisodiy mexanizmlarni quyidagi qoidalar asosida talqin etadi: 1) ish bilan ta’minlanganlik darajasini ishlab chikarish hajmi belgilaydi; 2) umumiy talab har doim ham to‘lov mablag‘lari hajmiga muvofiq darajada belgilanmaydi, chunki bu mablag‘larning bir qismi jamg‘armalarga aylanadi; 3) ishlab chiqarish hajmi sarmoyani investitsiya qilishga ko‘maklashadigan kelgusidagi samarali talab darajasini kutish bilan belgilanadi; 4) bank foiz stavkasi va sarmoya sarfi foizli samaradorligining taqqoslana olishi haqida guvohlik beruvchi investitsiyalar va jamg‘armalar o‘rtasida tenglik yuzaga kelganida investitsiya qilish va jamg‘arish bir-biriga bog‘liq bo‘lmay qoladi.
    KEYRETSU — bitta kompaniyaga tegishli yoki uning bir qismi sanaluvchi firmalar, filiallar va yetkazib beruvchilarning korporativ ittifoqi.
    KESH - naqd pul, banknot va tanga shaklidagi qonuniy to‘lov vositasi.
    KESH FLOU” - olingan yoki to‘langan naqd pul summasi.
    KECHIKKAN AKS SADO — reklama yoki marketing kampaniyasi natijasi bo‘lib, bunday paytda auditoriyaning kutilayotgan aks sadosi rejalashtirilganiga qaraganda ko‘proq vaqtni band qiladi. Masalan: normal sharoitda to‘g‘ridan-to‘g‘ri pochta jo‘natmasi uchun kun davomida auditoriya aks sadosini dunyoga keltirishga qodir bo‘ladi. Ob-havo yomonligi, ish tashlash, saylov, ta’til va boshqa ommaviy tadbirlar aks sado ushlanib qolishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
    KREOL NEOLIBERALIZMI” — Lotin Amerikasi mamlakatlari rivojlanishining yangi modeli hisoblanib, uning negizida Janubi- Sharqiy Osiyo mamlakatlari tajribasiga ko‘ra rivojlanishning tashqi omillari, eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotning tiklanishi yotadi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    KENGAYTIRILGAN TAKROR ISHLAB CHIQARISH

    Download 0,64 Mb.