• KASSA REJASI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet416/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   412   413   414   415   416   417   418   419   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    KASSA BITIMI — fond birjasida amalga oshiriluvchi qimmatbaho qog‘ozlar bilan operatsiya turlaridan biri. K.b. xususiyati shundan iboratki, qimmatbaho qog‘ozlar sotib oluvchiga tuzilgan kuni to‘lanadi va beriladi. K.b. shaklida odatda kichik partiyali qimmatbaho qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkaziladi. 2) Valuta bozorida valuta operatsiyalarining turli xili.
    KASSA OPERATSIYALARI – 1)naqd pul mablag‘larini qabul qilib olish, saqlash va tarqatishga oid moddiy texnikaviy tartib qoidalar. Ushbu qoidalar maxsus moliyaviy-bankka oid me’yoriy hujjatlar asosida belgilanadi va tartibga solinadi. Davlat tomonidan qanday sub’ektlarga taaluqli kassa operatsiyalari tartibga solinishiga ko‘ra: a) blankalar va boshqa kredit muassasalarida amalga oshiriladigan kassa operatsiyalari; b) korxona tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan kassa operatsiyalari; hamda v) tovarlar, xizmatlar, ishlar uchun aholidan bevosita pullarni qabul qilish bilan shug‘ulanuvchi korxonalardagi kassa operatsiyalari. Kassa operatsiyalari amalga oshirishi tartiblarni davlat yo‘li bilan belgilab qo‘yilishi davlat va pul muomalasi ishtirokchilar manfaatlarini o‘zaro uyg‘unlashgan holda muxofaza qilish imkonini beradi. O‘zbekiston Respublikasi hukumat qarorlariga ko‘ra, korxonalar o‘rtasidagi hisobkitoblar faqat naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi hamda naqd pul muomalasi qat’iy cheklangan doiralarda amalga oshirilishi mumkin. Kassa operatsiyalari to‘g‘risidagi qoidalarni buzish moliya intizomini qo‘pol tarzda buzilishi deb baholanadi va aybdor mansabdor shaxslarning huquqiy javobgarligiga sabab bo‘ladi; 2) K.o. banklar, korxonalar va muassasalar kassalarida naqd pullar, chet el valutasi bilan o‘tkaziladigan operatsiyalar. Barcha kassa operatsiyalari naqd pullarning sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradigan tegishli kirish va chiqish hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi.
    KASSA REJASI – xo‘jalik yurutuvchi sub’ektlarining muayan davr (yil, kvartal, oy) davomida naqd pul tushumlarini va ish haqi hamda boshqa maqsadlar uchun xarajatlarini oldindan taxmin qilish asosida belgilanishi . Kassa rejasining vaziyati aniq aks ettirilishi va korxonalar tomonidan bajarilishi mamlakatda naqd pul muomilasini samarali tarzda tartibga solish, pul emissiyasini jilovlash, infilyatsiya sur’atlarini pasaytirish imkonini beradi. Kassa rejalarini bajarilishi bilan aholi turmush darajasi o‘rtasida mustahkam bog‘lanish mavjud.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   412   413   414   415   416   417   418   419   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.