• KAZNACHEYLIK BILETLARI
  • K. b.
  • KAZNACHEYLIK EMISSIYASI (lot.)
  • KELAJAKSIZ O‘SISH
  • KENGASH BAYONNOMASI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet418/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   414   415   416   417   418   419   420   421   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    KAZNACHEYLIK — davlat budjeti kassa ishini bajaruvchi qator mamlakatlarning maxsus hukumat moliya organi. K. soliqlar, banklar hamda davlat zayomlaridan daromadlar undirishni tashkil etadi va davlat budjeti tomonidan ko‘rib chiqilgan xarajatlarga mablag‘lar beradi. Ayrim holatlarda xazinabonlik emissiyasi amalga oshiriladi.
    KAZNACHEYLIK BILETLARI - xazinabon tomonidan chiqariladigan qog‘oz pullar. K.b. emissiyasi davlat xarajatlarini moliyalash zarurligi bilan taqozo etiladi.
    KAZNACHEYLIK BONLARI (gol.) — davlatning o‘rta va uzoq muddatli majburiyatlari turi. Odatda hujjat ko‘rsatuvchiga xazinabonlar tomonidan 5 yildan 25 yilgacha muddat bilan chiqariladi; davlatning qimmatbaho qog‘ozlari bozori hisoblanadi. K. b.chiqarish ustiga yozib qo‘yilgan qiymat bo‘yicha amalga oshiriladi, bular bo‘yicha daromad kupon bilan to‘lanadi. Qoidaga ko‘ra K. b. jismoniy shaxslar o‘rtasida realizatsiya qilinadi. Nobozor qimmatbaho qog‘ozlariga 7—10 yil muddat bilan chiqariladigan omonat bonlari kiradi.
    KAZNACHEYLIK EMISSIYASI (lot.) - budjet tanqisligini qoplash maqsadlarida xazinabon yoki boshqa davlat moliya organlari tomonidan amalga oshiriladigan xazina biletlari va davlat qimmatbaho qog‘ozlarini muomalaga chiqarish.
    KAZUS (lot.) — 1) odatda murakkab, chalkashtirilgan yoki noodatdagi holat; 2) yuridik amaliyotda huquqbuzarlik belgilari bo‘lgan, ammo ayb elementi yo‘q shu sababli ayblab bo‘lmaydigan tasodifiy harakat.
    KELAJAKSIZ O‘SISH — bu shunday iqtisodiy o‘sishki, uning natijasida kelajak avlod uchun zarur bo‘lgan tabiiy va iqtisodiy ne’matlar ayni paytdagi o‘sishni ta’minlash uchun ayovsiz sarflanadi.
    KEMA PULI — Buxoro amirligida XIX asr – XX asr boshida daryolardan o‘tkazib qo‘yishgani uchun olingan.
    KEMADAGI FRANKO NARX - sotuvchi mahsulotni kemaga yetkazib berish xarajatlarini o‘z zimmasiga oladigan narx.
    KENGASH BAYONNOMASI — mijozlar bilan ishlash bo‘yicha menejer ular bilan uchrashuvdan keyin tuzgan mufassal hisobot. Mazkur hisobotda quyidagi bandlar aks ettirilishi lozim, chunonchi: Uchrashuv o‘tkazilgan sana;
    • Uchrashuv o‘tkazilgan vaqt;
    • Uchrashuv o‘tkazilgan joy;
    • Uchrashuv qatnashchilar nomlari;
    • Muhokama qilingan masalalar qisqacha ro‘yxati;
    • Qabul qilingan qaror;
    • Zarur harakatlar;
    • Harakatlarni bajarish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarning nomlari yoki initsiallari;
    • Mazkur hisobot mo‘ljallangan shaxslar ro‘yxati;
    • Navbatdagi kengash sanasi.
    Bunday hisobot printerda chop etiladi va zudlik bilan uchrashuv barcha ishtirokchilariga, shuningdek, muhokama qilingan masalalar va kelishib olingan harakatlar taalluqli bo‘lgan kishilarga zudlik bilan jo‘natiladi. Hisobotning bir nusxasi bu kabi uchrashuvlar qayd etib boriladigan tadbirlar jurnaliga tikib qo‘yiladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   414   415   416   417   418   419   420   421   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.