• KOMMYUNIKE (fr.)
  • KOMPANIYALARNING MOLIYAVIY HISOBOTI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet426/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   422   423   424   425   426   427   428   429   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    KOMMIVOYAJER (fr.) — mavjud namunalar bo‘yicha sotib oluvchilarga tovarlarni taklif etuvchi ko‘chma savdo firmasi vakili. Bozor iqtisodiyotida K. yordamida reklama ta’minlanadi va mahsulotni sotish, uni sotgandan keyin xizmat ko‘rsatish uchun eng yaxshi shart-sharoitlar yaratiladi.
    KOMMYUNIKE (fr.) — mamlakatning ichki hayotidagi muhim voqealar to‘g‘risida, davlatlar o‘rtasida erishilgan xalqaro muzokaralar va bitimlar to‘g‘risida rasmiy xabar.
    KOMPANION - biror mulkka birov bilan birgalikda ega bo‘lgan kishi yoki tashkilot.
    KOMPANIYA (fr.) tijorat yoki sanoat faoliyati maqsadida tashkil etilgan shaxslar assotsiatsiyasi. K. sheriklik prinsiplari asosida faoliyat qilishi, ishchanlikni tashkil etishning boshqa shakllarini qabul qilishi mumkin. Sherik — har bittasi kompaniya qarzlari uchun to‘liq shaxsiy javobgarlik qabul qiluvchi ikki yoki undan ortiq individumlar o‘rtasida kontrakt orqali paydo bo‘lgan ishchanlik o‘yin shakli. K. mas’uliyati cheklangan kompaniyadan korporatsiyaga o‘tish shakli. Uning ishtirokchilari K. qarzlari uchun cheklangan mas’uliyatga ega. Investitsiyaviy K. kapital soladi, bu korporatsiyaning qimmatbaho qog‘ozlariga uning o‘z qimmatbaho qog‘ozlarini sotish hisobidan safarbar etiladi. Mavjud K. investitsiyalaridan tushgan daromad operativ xarajatlarni to‘lash va Aksionerlarga dividend to‘lovlari uchun foydalaniladi.
    KOMPANIYA DERJATEL — boshqa kompaniyalar nazorat paketlariga ega bo‘lgan kompaniya.
    KOMPANIYALAR O‘RTASIDAGI MARKETING — tijorat kompaniyalari va ulgurji yoki chakana distribyusiya kanallaridan foydalanmaydigan korporatsiyalar o‘rtasidagi mahsulotlar va xizmatlar marketingi. Kompaniyalar o‘rtasidagi marketing sohasida sotuvlarni odatda mutaxassislar, masalan, savdo muhandislari yoki texnika vakillari amalga oshiradi.
    KOMPANIYALARNING MOLIYAVIY HISOBOTI - mas’uliyati cheklangan barcha kompaniya shakllari uchun ko‘plab mamlakatlardagi qonunda ko‘zda tutilgan hisobotning bajarilishi shart bo‘lgan shakli. K.m.h. kompaniyaning umumiy balansini, foyda va zararlar to‘g‘risida hisobotni va kompaniya rahbari dokladini o‘z ichiga oladi. K.m.h. shaklidagi ushbu barcha hujjatlar paychilar yoki kompaniya aksionerlariga har yili ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun beriladi. K.m.h. marketing tadqiqoti olib borish uchun eng muhim axborot manbalaridan biri hisoblanadi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   422   423   424   425   426   427   428   429   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.