|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 417/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)KASSA XARAJATLARI – tegishli budjetlarning ham budjet mablag‘lari qoluvchilarining bankdagi hisob varaqlaridan, ham mablag‘larsiz hisob-kitoblar yo‘li bilan ham naqd mablag‘ ko‘rinishida o‘tkazilganki bergan barcha summalari budjetlarning kassa xarajatlari hisoblanadi. Tegishli budjetlarning hisob varag‘laridan budjet mablag‘lari oluvchilarning hisob varag‘iga va budjet ajratmalari quyi tasarrufchilari hisob varag‘iga o‘tkazilgan summalar moliyalashtirish summalari hisoblanadi va budjetning kassa xarajatlariga kiritilmaydi.
KASSALI REJALASHTIRISH - tushumlarning hajmi va manbalari, shuningdek to‘lovlarning yo‘nalishi va maqsadlari bo‘yicha respublika va mahalliy budjetlar kassa rejalarini tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladigan hududiy (respublika) g‘azna hisobvarag‘lari orqali o‘tadigan pul mablag‘larining aylanmasini rejalashtirish va boshqarish.
KASTODI - savdo kompaniyalari aksiyalarini javobgarlik asosida saqlash bo‘yicha bank operatsiyasi.
KATALOG (grek.) —uzoq muddat foydalanishga hisob-kitob qilingan tovar yoki tovarlar guruhi soni va xususiyati berilgan ko‘p betli, ko‘p rangli nashrni bildiruvchi reklama amaliyotida qabul qilingan, bosilib chiqqan reklama turi.
KATALOG YARMARKASI — tovarlar namunalari qatnashmagan, uning o‘rniga kataloglar sotiladigan tovarlar to‘g‘risida barcha axborot ifodalangan axborot varaqlar va h.k. keng taqdim etilgan yarmarka.
KATTA QADOQDAGI MAHSULOT — “oilabop qadoq” deb ham ataladi. Favqulodda katta qadoqdagi iste’mol tovarlari narxi kichik qadoqdagi tovarlar narxidan birmuncha past bo‘ladi.
“KATTA YETTILIK” MAMLAKATLARI — jahon xo‘jaligi tizimining rivojlanish yo‘nalishlarini va barcha davlatlarda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tendensiyalarini belgilab beruvchi mamlakatlar guruhi (AQSh, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Kanada).
KAVERING (lot.) — pasayishga o‘ynovchi birja chayqovchilari tomonidan tuzilgan muddatli bitimlar bo‘yicha majburiyatlarni to‘xtatish uchun oldindan sotilgan qimmatbaho qog‘ozlar, kontraktlar, tovarlarni ijaraga olish.
|
| |