|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 431/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)KONOSAMENT (fr.) — 1) sotilgan tovar uni sotib olgan kishiga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat. Yuk tashuvchining yukni olganligini tasdiqlovchi tilxati yoki yuk tashuvchi va yukni jo‘natuvchilar o‘rtasidagi yukni jo‘natganligi to‘g‘risida kontraktni bildiradi. Tovar ishlab chiqaruvchi hujjatni yuk jo‘natuvchi tomonidan to‘ldiradi, uni yuk tashuvchiga yukni tegishli joyga topshirishda tasdiqlash yoki imzo qo‘ydirish uchun beriladi. K. ko‘rsatiladigan, orderli yoki nomi yozilgan bo‘lishi mumkin; 2) K - bu yukni tashishga qabul qilinganligi va tashuvchining yukni oluvchiga yetkazish majburiyatini tasdiqlovchi hujjat, hosilaviy qimmatli qog‘oz. Bu dengizda yuk tasis sartlarini aks ettiruvchi transport hujjatidir. Konosament yukni qay tartibda tasisidan qa’tiy nazar, uning barcha xili uchun berilaveradi. qimmatli qog‘oz bo‘lganligi sababli konosamentda yuk to‘g‘risida barcha rekvizitlar bo‘lishi shart. Aks holda u rasmiy hujjat, qimmatli qog‘oz bo‘la olmaydi. Konosament bir necha nusxada yoziladi. Konosament quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Nomi yozilgan konsament, ya’ni uni oluvchining ismi-sharifi yoziladi; 2. Orderli konosament. Yukni jo‘natuvchi yoki yukni qabul qiluvchi yoki bankning buyrug‘iga binoan yuk shu hujjat asosida qaytarib beriladi; 3. Nomi yozilmagan (taqdim etuvchiga tegishli) konosament. Yuk borib tushgan portdan yukni olish huquqini beradi. Faqat mazkur hujjat qo‘lida bo‘lsa bas.
KONSALTING — 1) korxonalar, firmalar, tashkilotlar (sh. k. tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida) iqtisodiy faoliyatining keng qamrovli masalalari bo‘yicha ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar va sotib oluvchilarga maslahat berish. Konsalting firmalar tovarlar, xizmatlar, litsenziyalar, nou-xau va h.k. jahon tovarlar bozorlarini o‘rganish va prognozlash, xalqaro hamkorlik ob’ektlarini texnik-iqtisodiy asoslashni ishlash va qo‘shma korxonalar tuzish, kompleks marketing tadqiqotini o‘tkazish, marketing tadqiqotini ishlash va h.k. bo‘yicha har xil xizmatlar ko‘rsatadi. Xorijiy mamlakatlarda konsalting firmalari regional bozorlarga, tovarlar guruhiga ixtisoslashgan yoxud tarmoq ixtisosiga ega bo‘ladi. Yirik kontsernlar o‘z konsalting bo‘limlarini tashkil etadi, o‘rta va kichik firmalar esa iqtisodiy maqsadga muvofiq emasligi va mutaxassis kadrlar yetishmasligi sababli ixtisoslashgan konsalting firmalar xizmatlaridan foydalanadi.
|
| |