|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 439/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)KONTRASIGNATSIYA — vazirning javobgarlikni o‘z zimmasiga olganligini anglatuvchi davlat boshlig‘i hujjatidagi imzosi.
KONTRIBUTSIYA — urushda mag‘lub bo‘lgan mamlakatdan majburiy tarzda undiriladigan pul to‘lovlari yoki mulkiy musodaralar.
KONTROFERTA (fr.) — dastlabki ko‘rsatilganiga qaraganda boshqacha sharoitlarda shartnoma tuzish uchun taklif qilinganligi to‘g‘risida ariza.
KONTROLLING – 1) korxonani hisobga olish va nazorat qilish; 2) firmani ixtisosiga qarab bo‘limlarga ajratish.
KONTSERN (ing.) — 1) mulk va nazorat birligi bilan xarakterlanuvchi birlashma shakli; kontsernga kiruvchi korxonalar mustaqillikka ega emas, kontsernni boshqaruvchi bosh tashkilot tomonidan nazorat qilinadi; 2) yirik, ko‘p tarmoqli uyushma bo‘lib, uning tarkibiga sanoat, transport, savdo, bank sohasidagi korxonalar kirishi mumkin. hozirgi kunda kontsernga dunyoning ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarida joylashgan o‘nlab va yuzlab korxonalar kiradi; 3) rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, ko‘p tarmoqli korxonalar (sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini o‘z ichiga oluvchi birlashma. Odatda bunday birlashma ma’lum ishlab chiqarish faoliyatini bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan turli soha korxona va tashkilotlaridan tuziladi; 4) ishlab chiqarish diversifikatsiyasi asosida tarkib topadigan yirik, ko‘p tarmoqli korporatsiya. Ular asta-sekin sa’noat monopoliyasining yetakchi shakliga aylanadi.
KONTSESSIYA (lot.) — 1) davlatga va mahalliy organlarga tegishli bo‘lgan tabiiy boyliklar, korxonalar va boshqa xo‘jalik ob’ektlarini ma’lum muddatga ekspluatatsiya qilishga berish to‘g‘risidagi shartnoma. K. deb shunday shartnoma asosida tashkil etilgan korxonaning o‘zini ham aytish mumkin. Davlat tomonidan chet el firmasiga (yoki xususiy shaxsga) berilgan K. ushbu davlatning qonuni bilan tartibga solinadi. Xalqaro huquqqa mos ravishda davlat K. ni muddatidan oldin to‘xtatishi mumkin; 2) milliy iqtisodiyotni tiklash yoki rivojlantirish hamda tabiiy boyliklarni o‘zlashtirish maqsadida korxonalarni, yer maydonlarini, yer osti va boshqa boyliklarni xorijiy davlatga, huquqiy yoki jismoniy shaxsga vaqtincha foydalanish uchun berib turish haqidagi shartnoma. 3) (lot. concessio — yon berish) — davlatga tegishli tabiiy boyliklar, korxonalar va boshqa ob’ektlarni xorijiy davlatlarga, kompaniyalar va ayrim shaxslarga ma’lum muddatga foydalanishga berish.
|
| |