|
KONSTRUKSION VA TEXNOLOGIK RISK Konstruksion risk
|
bet | 436/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)KONSTRUKSION VA TEXNOLOGIK RISK Konstruksion risk - bu investitsiya fazasidayoq loyihaning texnik amalga oshmaslik riskidir. Bu loyiha hujjatlarini ishlab chiquvchilarning xatolari, bu hujjatlarni ishlab chiqishda zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yetarli yoki aniq emasligi natijasida ro‘y berishi mum kin. Texnologik risk bu ishlab chiqarish texnologiyalarining sanoat darajasida qo‘llanilmasligi natijasida ma’lum texnikiqtisodiy parametrlardan ob’ekt ekspluatatsiyasidagi cheklanishlar riski. Bunga ekspluatatsiya xarajatlarining oshishi, ekologik me’yorlarga mos kelmaslik kabilar ta’sir etadi.
KONTANGO (lot.) — baholar nisbati bo‘lib, bunda muddatli bitimlar bo‘yicha baholar naqd tovar bahosidan yuqori bo‘ladi. Uzoq muddatli tovar yetkazib berish bahosi yaqin muddatda tovar yetkazish bahosiga nisbatan ham oshiq bo‘ladi. Bunday baholar nisbatining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, uzoq muddat saqlangan tovar uchun ketgan sarflar ushbu tovar bahosida ifodalangan bo‘ladi.
KONTINGENT BUYURTMA (lot.) — bir vaqtning o‘zida bir xil aksiyalarni sotib olish va boshqalarini sotishni ko‘zda tutuvchi buyurtma.
KONTINGENTLASH (lot.) — eksport va import kvotalarini (kontingentlarni) o‘rnatish yordamida davlatning tashqi savdo shakli. Odatda tartibga solishning bu shakli ma’lum davrga yoki qandaydir voqea munosabati bilan kiritiladi.
Importga kontingentlar mamlakatning to‘lov balansini yaxshilash zarurligi munosabati bilan milliy sanoat manfaatlarini himoya qilish uchun kiritiladi. Eksportga kontingentlar mahalliy bozordagi taqchil tovarlarga yoki hukumatning qabul qiladigan savdo-siyosiy choralari munosabati bilan kiritiladi. Kontingentlar o‘rnatilgan chegarada tovarlar bilan savdo qilish litsenziyalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Kontokorrent bankning mijozlar bilan bo‘ladigan barcha operatsiyalari hisobga olinadigan joriy hisobga ega bo‘ladi.
KONTINGENTLASHTIRILGAN SOLIQLAR — umumiy summasi oldindan o‘rnatiladigan va so‘ng ma’muriy birliklardan tortib to alohida soliq to‘lovchilar o‘rtasida taqsimlanadigan soliqlar.
|
| |