|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 435/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)KONSUL FAKTURASI (konsul invays) — tovarni tayinlovchi mamlakat konsuli tovarning bahosi va barcha tovar partiyasi qiymatiga guvohlik beruvchi hujjat. Ko‘pgina mamlakatlarda K.f. tasdiqlangan blankalarda eksportyorlar tomonidan tuziladi va importyor mamlakat konsuli tomonidan tasdiqlanadi. Import tovarlardan advalor boj (tovar bahosidan) olinadigan mamlakatlarda K.f. amal qiladi.
KONSULLIK YIG`IMI — konsulxonalarning mamlakatga kirish ruhsatnomalarini berganlik uchun fuqarolar, muassasalar va tashkilotlardan undiradigan yigimi.
KONSULTATSIYA — maslahatlashuv, kengashuv, bir qancha yo‘nalishdagi ma’nolarni anglatadi: 1) Mutaxassis maslahati. 2) O‘quv mashg‘uloti turlaridan biri; o‘qituvchining o‘quvchilarga fanni o‘zlashtirishda yakka-yakka tartibda yoki guruhga bo‘lib ko‘rsatadigan qo‘shimcha yordami. 3) Iqtisodiyot, siyosat bobida, shuningdek, davlatlaro masalalarda ham xalqaro konsultativ kengash, muzokaralar bo‘lishi mumkin. 4) Aholiga o‘z mutaxassislar maslahati bilan yordam ko‘rsatuvchi muassasa, idora (masalan, yuridik maslahat, bolalar shifokori maslahati va hokazo). Bunda konsultant, maslahatchi bevosita yaqindan yordam ko‘rsatadi.
KONSUMENT — mahsulotlar va xizmatlar iste’molchisi.
KONSUMERIZM — 1. Iste’molchilar va xaridorlarning ishlab chiqaruvchi hamda sotuvchilarga nisbatan huquqlarini va ta’sirlarini kengaytirishga qaratilgan harakat. 2. (ing.) — Fuqarolar va davlat organlarining sotib oluvchilar bilan bo‘lgan munosabatlarida sotib oluvchilar huquqlari va ta’sirini kengaytirish uchun tashkiliy harakati. Sotib oluvchi uchun an’anaviy huquqlar, sotish uchun taklif qilingan tovarni sotib olmaslik undan foydalanishning havfsizligiga umid bog‘lash, uning sotuvchi tomonidan e’lon qilingan qoidaga mos ravishda faoliyat qilishi, iste’molchi sotib olingan tovarning sifatiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati va marketing metodlari to‘g‘risida to‘liq axborotga ega bo‘lmog‘i lozim. Ushbu huquqlarni muvaffaqiyatli realizatsiya qilish uchun iste’molchilarni uyushtirish talab etiladi. Ular jamoatchilik asosida yoki bo‘lmasa davlat organlari rahbarligida tuziladi.
|
| |