|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 438/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)KONTRAKT NARX - sotuvchilar va xaridorlar tomonidan kelishilgan va shartnomalarda qayd etilgan tovar va xizmatlar qiymatining puldagi ifodasi.
KONTRAFAKSIYA (fr.) — 1. Nomdor firmalar tovarlari bilan o‘xshash bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishdan daromadlar olish maqsadida qo‘llaniladigan tovar belgilari va xizmat belgilaridan qonunsiz foydalanish. K. qonun bilan ta’qib qilinadi va litsenziya huquqini buzgan hisoblanadi; 2. Qalbaki. 3. Ishlarni birovning nomidan yuritish, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish paytida birovning patentidan g‘ayriqonuniy tarzda foydalanish, shuningdek, nohalol raqobat qilish va xaridorlarni chalg‘itish maqsadida mashhur firmalarning mahsulot belgilarini g‘ayriqonuniy tarzda o‘zlashtirish.
KONTRAGENT (lot.) — 1) tuzilgan kontraktga binoan o‘ziga ma’lum majburiyatni oluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs; 2) K. shartnoma bo‘yicha belgilangan majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan shaxs yoki muassasa.
KONTRAKTATSIYA - 1) biror narsani muayyan muddatga olish va ma’lum sharoitda foydalanish uchun tuzilgan shartnoma; 2) tayyorlash tashkilotlari bilan ishlab chiqaruvchilar, dehqonchilik mahsulotlarini tayyorlash yuzasidan har yili tuziladigan shartnoma. 3) muqobil savdoning shakllaridan biri, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilishda keng qo‘llaniladi. Pul birligining past sotib olish kuchi va tovar taqchilligi bo‘lgan holatlarda foydalaniladi. Bunday sharoitlarda qishloq xo‘jalik mahsuloti evaziga zarur texnika, ehtiyot qismlar, yem, mineral o‘g‘itlar va h.k. tovarlar yetkazib beriladi. Muqobil mahsulot yetkazishning bu shaklida ishlab chiqarishni va mahsulot yetkazishni ko‘paytirish ishlab chiqaruvchilari rag‘batlantiriladi. 3) sanoat, xo‘jalik va boshqa korxonalar o‘rtasida shartnomalar tuzish.
KONTRAKTATSIYA SHARTNOMASI — K.sh.ga asosan qishloq xo‘jalik mahsulotini ishlab chiqaruvchi o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni qayta ishlash yoki sotish uchun belgilangan muddatida, sifatida va miqdorida mahsulotni xarid qiladigan shaxsga tayyorlovchiga (kontraktantga) topshirish (topshirib turish) majburiyatini oladi, kontrakt esa mahsulotni qabul qilib olish, uning haqini belgilangan muddatda va shartlashilgan bahoda to‘lash (to‘lab turish) majburiyatini o‘z zimmasiga oladi (Fuqarolik kodeksining 465 -moddasi). Kontraktatsiya shartnomasi ilk bor musulmon huquqida asosan dehqonlar bilan paxtani sotib oluvchilar o‘rtasida tuzilgan. Dehqon paxtani ekish, o‘stirib va yig‘ishtirib olib topshirish majburiyatini oladi. Sotib oluvchi (paxta tozalash korxonalari, paxta tozalovchilar, aravakashlar yoki tarozibonlar) esa sotiladigan paxtaning bahosi hisobidan bo‘nak (avans), gazmol, choy va tovarlarni berish majburiyatini oladi. Kontraktatsiya Rossiya Turkistonni bosib olganidan keyin birinchi marta paxtaga nisbatan qo‘llana boshlangan. Shartnoma mazmun jihatdan bir tomon, asosan sotib oluvchilarning manfaatlarini ko‘proq aks ettiradi.
|
| |