|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 440/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)KONVENTSIYA (lot.) — xalqaro bitim yoki kelishuv turlaridan biri. Konventsiya terminining eng ko‘p yoyilishi xalqaro pochta, radiotelegrafaloqa, bojxona masalalariga tegishli bitimlarni tuzish bilan bog‘liq.
KONVENTSIYA BOJLAR — davlatlar o‘rtasida shartnoma yoki kelishuv bo‘yicha o‘rnatiladigan bojxona bojlari; konventsiya bojlari stavkasi qoida bo‘yicha bir tomonlama davlat tomonidan o‘rnatiladigan odatdagi bojxona tarif stavkasidan past bo‘ladi.
KONVERGENTSIYA (lot.) — qo‘shilish tomoniga yaqinlashish, barqaror muvozanat va rivojlanish. K. talabi talabning xarakteriga mos ravishda har xil bozor segmentlarining yaqinlashuvini bildiradi.
KONVERSIYA (lot. conversio-o‘zgarish) - 1) harbiy ishlab chiqarish va boshqa xil harbiy faoliyat sohalarining tinchlik maqsadlariga ko‘chirilishi; 2) valuta konversiyasi – amalda bo‘lgan valuta kursi bo‘yicha bir valutani boshqa valutaga ayirboshlash. Turli valutalarning ayirboshlanish imkoniyatlarini aks etiradi. Zayom konversiyasi – Markaziy bank tomonidan avval chiqarilgan davlat zayomini boshqasiga almashtirish; 3) K. (lot.) — yangi mahsulot chiqarishga o‘tish, korxona ishlab chiqarish tuzilmasini o‘zgartirish. Bu termin asosan mudofaa tarmoqlari korxonalariga nisbatan qo‘llaniladi, chunki ularning ishlab chiqarishi fuqarolar uchun mahsulot chiqarishga moslashgan bo‘ladi.
KONVERSION BITIMLAR — valutani sotib olish. Quyidagi valuta operatsiyalari mavjud: “spot” — valutani bitim tuzilgan paytda yoki bir ish kuni o‘tgandan keyin ayirboshlash; “forvard” — bitim paytida qayd qilingan kurs bo‘yicha o‘rnatilgan muddatda shoshilinch valuta to‘lovlari; “svop” — bitim paytida qayd qilingan kurs bo‘yicha ma’lum vaqtdan keyin o‘sha summada qayta sotib olish shartlari bilan bitta valutani boshqasiga sotish.
KONVERSION IMTIYOZ — ma’lum muddat ma’lum narxda kelishilgan kompaniyaning odatdagi aksiyalarini sotib olishga konvertirlanadigan obligatsiyalar egasining huquqi. K.i. chiqarilgan aksiyalarni tez sotish; zayom bahosini kamaytirish va kompaniyaga eng qulay shartlarda bevosita yo‘l bilan oddiy aksiyalar chiqaruvchi kompaniyaga qaraganda aksioner kapitalni jalb etishga imkon beradi.
|
| |