242
ATAMALAR LUG‘ATI
Aksiyadorlik jamiyati -
aksiyadorlar va muassislar mablag‘i
evaziga shakllangan kapitalga ega bo‘lgan huquqiy shaxs maqomiga
ega kompaniya. Ishlab chiqarishni tashkil qilishning mablag‘larni
aksiya sotish yo‘li bilan jalb etishga asoslangan shakli.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari
–
ishlab chiqarishda
foydalaniluvchi mehnat predmetlari (xom ashyo, materiallar, o‘rov
materiallari, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar va hokazo). Har bir
ishlab chiqarish siklida to‘liq sarflanadi hamda korxonaning aylanma
mablag‘lari hisobiga sotib olinadi.
Aylanma mablag‘lar
–
ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan
ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, yangi mahsulotni o‘zlashtirish
xarajatlari, kelgusi davr xarajatlariga
sarflanuvchi korxona
mablag‘larining pul shaklida ifodalanishi.
Aksiya
– aksiyadorlik jamiyati tomonidan chiqariluvchi hamda
uning egasi, aksiyadorlik jamiyatining a’zosiga jamiyatni boshqarish
va foydadan dividend olish huquqini beruvchi qimmatbaho qog‘oz.
Aksiyadorlik kapitali
– aksiyadorlik
jamiyatining asosiy kapitali,
uning hajmi Nizomda belgilab beriladi. Qarzga olingan mablag‘lar va
aksiya chiqarish hisobiga shakllantiriladi.
Amortizatsiya
- asosiy fondlar qiymatini asta-sekinlik bilan ular
yordamida ishlab chiqariluvchi
mahsulot yoki xizmatlarga
o‘tkazilishi; mablag‘larning maqsadli ravishda jamg‘arilishi va
keyinchalik eskirgan asosiy fondlarning o‘rnini qoplashga ishlatilishi.
Amortizatsiya vositalari
- korxona asosiy
fondlarini saqlash va
yangilash uchun maxsus ajratiluvchi moliyaviy vositalar.
Amortizatsiya fondi
- asosiy fondlarni oddiy va kengaytirilgan
tarzda takror ishlab chiqarishga mo‘ljallangan pul mablag‘lari.