243
foydali xususiyatlarini yo‘qotishi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari
eskirishining jismoniy va ma’naviy turlari mavjud.
Balans -
biron-bir holatning alohida tomonlarini taqqoslash va
solishtirish yo‘li bilan tavsiflanuvchi ko‘rsatkichlar tizimi.
Balans foydasi
- korxonaning
balansida aks ettiriluvchi
faoliyatning barcha turlaridan olinuvchi umumiy foyda miqdori.
Bankrotlik
- kasodga uchrash, korxonaning (tashkilot, bank) o‘z
majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni mablag‘lar yo‘qligi tufayli amalga
oshirmasligini anglatuvchi tushuncha. Qoidaga ko‘ra,
korxonani
yopish yoki majburan tugatish hamda mol-mulkini qarzlarni to‘lash
uchun sotib yuborishga olib keladi.
Bashorat qilish
- kelajakda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli
hodisa va jarayonlarni statistik,
ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa turdagi
tadqiqotlar yordamida ilmiy asoslangan holda avvaldan aytib berish.
Biznes
- bozor iqtisodiyoti sharoitlarida sub’yektning ma’lum bir
mahsulot yoki xizmat turini yaratish va sotish yo‘li
bilan foyda olishga
mo‘ljallangan iqtisodiy faoliyati.
Biznes-reja
- korxona faoliyati dasturi, kutilayotgan xarajat va
daromadlar hisobini o‘z ichiga oluvchi kompaniya faoliyatining
muayyan maqsadlariga erishish uchun muayyan chora-tadbirlar rejasi.
Marketing tadqiqotlari asosida ishlab chiqiladi.
Veksel
- qimmatbaho qog‘oz turi, belgilangan tartibda yozma
shakldagi qarz majburiyati, o‘z egasiga (veksel
ь
oluvchiga) veksel
ь
beruvchidan ko‘rsatilgan pul miqdorini belgilangan muddatda gap-
so‘zsiz to‘lanishini talab qilish huquqini beradi.