244
bo‘lgan mashina va qurilmalar paydo bo‘lishi tufayli yuz berishi
mumkin.
Ijara
- mulkni ma’lum bir haq to‘lash evaziga, vaqtinchalik
foydalanishga berish to‘g‘risidagi shartnomaga asoslangan holda
yollash.
Ilmiy-texnik salohiyat
– mamlakatdagi fan,
texnika va
muhandislik ishlarining rivojlanish darajasi, jamiyatning fan-texnika
muammolarini hal qilish uchun mavjud resurs va imkoniyatlarining
umumiy tavsifnomasi.
Investitsion siyosat
– kapital qo‘yilmalarning eng ustivor
yo‘nalishlarini tanlash, iqtisodiyot
samaradorligini oshirish, sarflangan
har bir so‘mga mahsulot o‘sishi va milliy daromadning eng yuqori
ko‘rsatkichlariga erishish.
Investitsiyalar
- mamlakat ichkarisi va tashqarisida yangi
korxona yaratish va mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, eng
yangi texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish, ishlab chiqarish
darajasini oshirish va foyda olish maqsadida uzoq muddatli mablag‘lar
kiritilishi.
Investor
-
biron-bir faoliyatga, korxonaga foyda olish maqsadida
uzoq muddatli kapital kiritishni amalaga oshiruvchi xususiy tadbirkor,
tashkilot yoki davlat.