|
Kompaniyaning xavf-xatarli bo‘linmalariBog'liq Iqtisodiyot va menejment leksiyalar kursi-242-257Kompaniyaning xavf-xatarli bo‘linmalari
— yirik
korporatsiyalar tomonidan yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish
maqsadida tuzilib, avtonom boshqariladigan kichikroq maxsus ishlab
chiqarish.
Litsenziyalash
— intellektual yoki sanoat mulkni o‘zlashtirga
shartlashayotgan tomonlarning nafaqat haq miqdorini, balki
to‘lovlarni ham amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi
shartnomalarni bir-biriga topshirish jarayoni.
Mahsulotning ilmiy hajmdorligi
(naykoyemkost
ь
produksii) —
mahsulot narxida ITvaTKIga xarajatlar ulushini aniqlash orqali
miqdoriy baholashni belgilovchi ko‘rsatkich.
Modernizatsiya
- an’anaviy jamiyatdan industriallashgan, yirik
mashinalashgan ishlab chiqarishga hamda ijtimoiy jarayonlarni
qonunlarga tayangan holda oqilona boshqarishga asoslangan
jamiyatga o‘tish jarayonlarining amal qilishi.
Novatorlik
— ijodiy xarakterga ega bo‘lgan va yangi ilmiy bilim,
kashfiyot, ixtiro, ratsionalizatorlik taklifi va boshqa novatorli
yechimlarning paydo bo‘lishiga olib keluvchi insonlarning intellektual
faoliyati jarayoni.
Nou-xau
— yangi va raqobatbardosh mahsulotni ishlab
chiqarishdagi bilim va tajriba ko‘rinishidagi axborotlar majmui.
Patentli litsenziyalar
— litsenziya oluvchiga patentdan
foydalanishning monopol yoki cheklangan huquqini berish shakli.
Oddiy, to‘liq va maxsus kabi litsenziya turlari mavjud.
Reinjiniring
— keskin (sakrash yo‘li bilan sodir bo‘ladigan)
yaxshilanishlarga erishish uchun ish jarayonlarini tubdan qayta
tushunib yetish va qayta loyihalash, yangilash.
Sanoatli hovli
— bosh firma orqali boshqariladigan bitta binolar
majmuida joylashib hududiy uyushmani tashkil etuvchi, asosan kichik
va o‘rta korxonalardan tashkil topgan, “fan-ishlab chiqarish”
sohasidagi innovatsion faoliyatning yangi tashkiliy shakli.
|
| |