255
innovatsion muhit sub’yektlari bilan o‘zaro
hamkorlik qilish; yangi
mahsulotni bozorga chiqarish; yangi mahsulot
va yangi ishlanmalarga
ehtiyojlarni izlab topish va shakllantirish. Shuning uchun antreperener
odatda yangi mahsulotlar bo‘linmasi rahbari, loyiha boshqaruvchisi
singari lavozimlarni egallaydi. Tashkilotda antreprenerlar ozchilikni
tashkil etadi.
«Intraprener»
- innovatsion boshqaruvda yana bir muhim shaxs.
Intraprenerlar tashkilotda imkon qadar ko‘p bo‘lmog‘i lozim.
U ichki
innovatsion muammolarga, ichki
innovatsion tadbirkorlikka
mo‘ljallangan mutaxassis va rahbar. Uning vazifasiga kompaniya
butunlay novator hisoblanishi uchun ko‘p sonli “aqliy hujum”larni
tashkil etish, xodimlarning innovatsion jarayonga qo‘shilish muhitini
yaratish va novatorlarning “kritik miqdori”ni ta’minlash kiradi.
Odatda, u yuqori ijodiy faollik bilan ajralib turadigan guruh rahbari.