Innovatsion faollik omillari — davlatning qo‘llab-quvvatlashini
talab etadigan innovatsion faoliyat yo‘nalishini ajratib ko‘rsatish, ichki
va tashqi manbalar investitsiyalari oqimlariga imtiyozli sharoitlar
yaratish bo‘yicha mavjud tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlar majmui.
Innovatsiyali sikl — innovatsion jarayonning asosiy bosqichlari
va natijalarini o‘z ichiga oluvchi ishlar majmui. Unga ijtimoiy
ehtiyojlarni qondirishning yangi usullari to‘g‘risidagi g‘oyalarni
keltirib chiqarish va asoslash maqsadida qidiruv ilmiy-tadqiqot
ishlarini amalga oshirish, yangi mahsulotlarda ilmiy bilimlarni
moddiylashtirish maqsadida amaliy ITIvaTKIlarni bajarish, keng
ko‘lamda mahsulot ishlab chiqarilishini texnologik jihatdan
o‘zlashtirish va uni tijoratlashtirish kiradi.
Ilmiy-texnik strategiyalar — sanoat kompaniyalarining
qadriyatlariga yo‘naltirilgan, ITvaTKI bo‘linmalari ishida ham muhim
hisoblangan, strategiyalari.
Ilmiy park — sanoat firmalarining universitet (institut)lar bilan
hamkorliklarining yangi shakli.
Ishlab chiqarishda diversifikatsiya – ishlab chiqarilayotgan
tovarlar nomenklaturasining va (yoki) bozorlar sonining ko‘payishi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi – O‘zbekiston
Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi
Qonuni 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan. Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni
qoidalariga muvofiq holda, milliy tajribaning tahlili va ta’lim
tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan bo‘lib,
yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy
faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri
ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va
hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga
yo‘naltirilgan.
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni,
har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan,
ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik
puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-
pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni jamiyat, davlat va
oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni
nazarda tutadi.
253
Konsalting – ishlab chiqarishga ish yuzasidan xizmat ko‘rsatish
sohasida ixtisoslashgan firmalarning o‘z mijozlariga maslahat xizmati
ko‘rsatish va texnikaviy loyihalarni ekspertiza qilish bilan bog‘liq
iqtisodiy faoliyat.