250
Huquqiy shaxs
– fuqarolik sub’yekti
sifatida faoliyat yurituvchi,
mustaqil balans, gerbli muhr
va bankda hisob raqamiga ega,
Nizom
asosida faoliyat yurituvchi hamda baknrotga uchraganda o‘z mulki
bilan javob beruvchi korxona.
Qayta tiklash
– mavjud ishlab chiqarishni texnik va tashqilish
takomillashtirish, asosiy fondlarni kompleks ravishda yangilash va
zamonaviylashtirish asosida to‘liq qayta qurish jarayoni.
Biznes-inkubatorlar
– maxsus
tanlab olingan kichik
korxonalarni o‘z maydonlariga joylashtiruvchi va ularga maslahat,
o‘qitish va ofis xizmatlarini ko‘rsatuvchi tuzilmalar.
Gipoteza
— ko‘proq ichki sezgi bilan anglash jarayonida
hodisalarning bog‘lig‘lik sabablari haqida fikr bildiriladi va shu
sababli nazariy bilimdan amaliyotga sifatli o‘sish amalga oshiriladi.
Davlatning innovatsion siyosati (davlat funksiyasi)
-
innovatsion faoliyat uchun qulay iqtisodiy
sharoitlar yaratilishining
muhim bir yo‘nalishi hisoblanib, fundamental tadqiqotlar va qidiruv
ilmiy-tadqiqot ishlarini birinchi navbatda moliyalashtirishni, Davlat
ilmiy-texnologik dasturiga binoan ITvaTKIlar o‘tkazish
uchun davlat
buyurtmalarini tashkil etishni nazarda tutadi.
Industrlashtirish
– mamlakat iqtisodiyotini
sanoatlashgan asosga
o‘tkazish, iqtisodiyotda sanoat ishlab chiqarishi ulushini ahamiyatli
darajada ko‘paytirish, butun iqtisodiyot
yoki uning alohida
tarmoqlarida yirik mashinalashgan ishlab chiqarishni barpo etish
jarayoni.