«Sardor» innovatsion loyihaviy yechimlarni ishlab chiqish va
amalga oshirish jarayonida o‘ziga xos maxsus rolini o‘ynaydi. Bu
yerda, ayniqsa, uning yangilikka o‘chligi, ishning ketishini oldindan
ko‘ra bilishligi, har bir insonning qobiliyatini aniqlay olishligi va uni
ushbu qobiliyatidan to‘liq foydalana olishligiga qiziqtira bilishligi
qadrlanadi.
«Ma’mur» investitsion loyihani amalga oshirishni rejalashtirish,
muvofiqlashtirish va nazorat qilish bilan shug‘ullanadi. Firmaning va
muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi va innovatsion loyihaning amalga
oshirilish bosqichida qattiq nazorat va ekstrapolyatsion rejalashtirish
(bugungi kundagi rivojlanish an’analari kelajakda ham saqlanib qoladi
degan taxminda keyingi uzoq muddatga rejalashtirish) sharoitida,
rahbarga qo‘yiladigan talab uning shaxsiy sifatlariga emas, balki firma
ishining samaradorligini baholay olishlik qobiliyatiga qaratiladi.
«Rejali» firmaning asosiy resurslarini uning an’anaviy faoliyati
sohasida jamlab va firmani qo‘yilgan maqsadga erishish uchun
yo‘naltirib, firmaning kelajakdagi faoliyatini optimallashtirishga
intiladi.
«Tadbirkor», kelajakka intilgan bo‘lsa ham, “rejali”dan farqli
ravishda firmaning oldingi faoliyatini ekstrapolyatsiya (narsa va
hodisaning bir qismini kuzatish asosida olingan xulosalarni uning
boshqa qismiga yoyish yoki tadbiq etish) qilmasdan, uning
rivojlanishi dinamikasini o‘zgartirishga harakat qiladi. “Rejali” firma
kelajagini bugungi kun faoliyati miqiyosida optimallashtirsa,
“tadbirkor” firma faoliyatining yangi yo‘nalishlarini va mahsulot
nomenklaturasini kengaytirish imkoniyatlarini axtaradi.
«Erkin xodim» - novator hisoblanadigan xodim maqomi. IBM
firmasi qabul qilgan “Erkin xodim” dasturi klassik misol bo‘la oladi.
Unda taxminan 45 nafar “xayolparast, bid’atchi, tinchlikni buzuvchi,
g‘alati (tentaksimon) va dohiy” kabi kishilar ishtirok etadilar. Erkin
xodim tub ma’noda besh yilga to‘liq erkinlikni oladi. Uning roli juda
oddiy – firmaning tashkil etish tizimini titratish.
«Oltin yoqalar» - bular o‘zlarining mutaxassislik bilimlaridan
foydalanishga tadbirkorlik bilan yondoshuvni biladigan yuqori
malakali olim va mutaxassislar. Ularning absolyut ko‘pchiligi
257
korporatsiyalarda, universitetlarda, maslahat firmalarida yollanib
ishlaydilar. Mutaxassislarning bir qismi yollangan mehnati bilan
tadbirkorlik faoliyatlarini birga qo‘shib olib boradilar. Bu tashkilot
yoki firma ichidagi xavf xatarli korxonalarda, bir yo‘la bir nechta
firmalarda kontrakt bo‘yicha ishda ko‘rinadi.