Innovatsion dastur – resurslar, ijrochilar, amalga oshirish
muddatlari bo‘yicha kelishilgan va tamoman yangi turdagi mahsulot
(texnologiya)ni o‘zlashtirish va tarqatish (yoyish) masalalarining
samarali yechimi bilan ta’minlaydigan innovatsion loyiha va tadbirlar
majmui.
Innovatsion muhit — innovatsion jarayon ishtirokchisining ichki
va tashqi muhitlari birikuvi.
Innovatsion soha — innovatorlar, investorlar, raqobatbardosh
mahsulot (xizmat) ishlab chiqaruvchilar va rivojlangan
infratuzilmaning o‘zaro harakat tizimini anglatadi.
Innovatsion taklif — innovatsion siklning qaysidir bosqichi
(davri)dan investitsiya qilish va ishni davom ettirish uchun
innovatsion jarayon ishtirokchilari uchun taklif.
Innovatsion salohiyat (imkoniyat) — innovatsion maqsad
(innovatsion strategiyani amalga oshirish)ga erishish uchun nazarda
tutilayotgan yoki safarbar etilgan resurslar va tashkiliy mexanizm
(faoliyat texnologiyasi va tashkiliy tuzilma).
Innovatsion loyiha — maqsadga yo‘naltirilgan o‘zgarish yoki
yangi texnik yoki ijtimoiy-iqtisodiy tizim yaratish jarayoni.
Innovatsiya (innovation) — kiritilgan yangilikni, ya’ni
yangilikni o‘zlashtirishning amaliy (ilmiy texnik) natijasini anglatadi.
Innovatsiyalar bo‘lib yangi mahsulotlar, ilm bilan yo‘g‘irilgan
texnologik jarayonlar, mahsulotlar modifikatsiyasi, yangi xizmat
turlari hisoblanadi.
Integralli loyihalash — yangi buyum yaratish bilan bog‘liq
barcha turdagi ishlarni birlashtiruvchi innovatsion jarayonni tashkil
etish usuli.
252
Innovatsionli imkoniyat — innovatsion faoliyat sub’yekti –
tashkilotning belgilangan maqsadiga erishishi uchun mavjud vositalari
majmui.