251
Innovatsion faoliyat
— faqat innovatsion jarayonlarnigina emas,
balki tovarlarni sotib o‘tkazish bozorlari marketing tadqiqotlarini,
shuningdek axborotlash, konsal
ь
ting, ijtimoiy va boshqa turdagi
xizmatlarni o‘z ichiga olgan texnik, texnologik va tashkiliy-iqtisodiy
ma’nolardagi joriy etiladigan yangiliklarni
yaratish va amaliy
o‘zlashtirish sohasi.
Innovatsion doktrina
— mamlakat (hudud, tarmoq,
yirik
korporatsiya) rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan va shu
yo‘nalishdagi davlat siyosatini belgilovchi asosiy holatlar tizimi.
Innovatsion infratuzilma
— innovatsion faoliyatni amalga
oshirishga imkon beruvchi tashkilotlar (innovatsion-texnologik
markazlar,
texnologik inkubatorlar, texnoparklar, o‘quv-
ishbilarmonlik markazlari va shu kabi ixtisoslashgan tashkilotlar).