|
Atamalar lug‘ati aksiyadorlik jamiyatiBog'liq Iqtisodiyot va menejment leksiyalar kursi-242-257Fan-texnika taraqqiyoti
- fan, texnika, texnologiyalar
rivojlanishi, mehnat predmetlari, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil
etishning uzluksiz rivojlanish jarayoni.
Firma
- huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lib, tovar ishlab
chiqarish va sotishni bir umumiy boshqaruv (va umumiy firma nomi)
ostida birlashtiruvchi, korxona yoki turli mulkchilik shaklidagi
ixtisoslashtirilgan tashkilotlar majmuasi.
Foyda
– korxona faoliyatining yakuniy moliyaiy natijalari; pul
tushumi va xarajatlar o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Fond qaytimi
– asosiy ishlab chiqarish fondlarining bir so‘miga
to‘g‘ri keluvchi mahsulot miqdori.
Fond sig‘imi
–fond qaytimiga teskari bo‘lgan nisbat. Asosiy
ishlab chiqarish fondlari o‘rtacha qiymatining ishlab chiqarilgan
mahsulot hajmiga nisbati sifatida hisoblanadi.
Fondlar bilan ta’minlanganlik
– asosiy ishlab chiqarish fondlari
bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi (asosiy ishlab chiqarish
fondlarining korxonaning har bir xodimi yoki ishchisiga to‘g‘ri
keluvchi hajmi).
Franchayzer
- franchayzi bilan franchayzing shartnomasi
imzolovchi yirik korxona (korporatsiya, firma va hokazo).
Franchayzi (operator)
– yirik franchayzer korxona bilan bitim
tuzuvchi kichik korxona.
Franchayzing
- yirik va kichik tadbirkorlikning aralash shakli;
o‘zaro foydali hamkorlik munosabatlari.
Xolding kompaniyasi
- o‘z kapitalidan boshqa kompaniyalarni
boshqarish, ularga rahbarlik qilish va dividend olish maqsadida
ularning aksiyalarini sotib olishda foydalanuvchi aksiyadorlik
kompaniyasi.
Xususiylashtirish
– davlat mulkini boshqa mulkchilik
shakllariga, jumladan, jamoa, aksiyadorlik va xususiy mulkka
o‘tkazishda mulkchilik munosabatlarining o‘zgarish jarayoni.
Yalpi daromad
– korxona faoliyatining yakuniy natijalarini
tavsiflaydi hamda yalpi pul tushumi va mahsulot ishlab chiqarish va
sotishga sarflanuvchi barcha xarajatlar o‘rtasidagi farqni ifodalaydi.
|
| |