«Ilmiy-texnik darvozabonlar
yoki
«axborotli yulduzlar»
ITvaTKI laboratoriyalari tayanch mutaxassislari
turkumiga kiradi va
o‘z hamkasblaridan tashqi axborotli manbalarga mo‘ljallanganligi
bilan farq qiladi. Ular boshqalarga nisbatan ko‘p o‘qiydilar, xususan
eng “qiyin” adabiyotlarni. Ular boshqa tashkilotdagi mutaxassislar
bilan uzoq muddatli keng ko‘lamdagi munosabatlarga ega. Bunday
xodim o‘zining tashkiloti hamkasblari va tashqi dunyo o‘rtasida
vositachi bo‘lib
xizmat qiladi, u o‘zining tashkilotini butun dunyodagi
ilmiy va texnik faoliyat bilan samarali bog‘laydi.
«Muqobil personal»
shtatdan tashqari vaqtinchalik xodimlarni
bildiradi. Korxona rahbarlari uzoq vaqtlardan buyon ish hajmi
ko‘payganda yoki personal yetishmovchiligida vaqtinchalik xodimlar
xizmatidan foydalanishadi. 1970 yillarning o‘rtalaridanoq ular
shtatdan tashqaridagilarni oqilona ishga
jalb qilish natijasida
raqobatchilardan ustun kelishlik mumkin degan xulosaga kelishgan.
Masalan, Motorola firmasining yarimo‘tkazgich buyumlari bo‘limiga
shtatdan tashqari hamkorlarni jalb qilinishi, (ayrim davrlarda
vaqtinchalik xodimlar soni doimiy ishlovchilar sonidan oshib ketgan)
pasayish davriga xos bo‘lgan shtatlarni anchagina qisqartirishdan
qutulib qolishga imkon bergan.
Hozirgi davrda foyda darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi
raqobat
tufayli doimiy xodimlar tarkibini minimumga keltirishga to‘g‘ri keladi
va bu hol yuqori malakali vaqtinchalik ishlovchilarni tanlash
masalasini juda aktual qiladi. Bunday “nostandart” xodimlar
nafaqat
muqobil deb nomlanadi, balki ularni qo‘shimcha yoki periferiya
personallari deb ham atashadi.
Tashkilot yuksalish davrida shtatdan tashqarilarni ishga olishi
mumkin. Mahsulot hayotiy sikllari davrida albatta uchraydigan holat,
ya’ni tashkilotning ish faolligining pasayishi holatida tashkilot
shtatlarni qisqartirishni vaqtinchalik hamkorlar hisobidan amalga
oshirib, asosiy jamoani o‘zgarishsiz saqlab qolishi mumkin.
Hozirgi
rahbarlar bu amaliyotni keng o‘zlashtirib olishgan.