254
Texnologik uzilish
— kelajakda yangisi bilan almashtirilishi
lozim bo‘lgan eski texnologiyaning natijasiga erishish maqsadida
yangi texnologiyaga qo‘yish uchun zarur mablag‘lar hajmini bildiradi.
Texnopark
– o‘z hududida kichik innovatsion korxonalarni
yaratish va rivojlantirish orqali ilmiy
salohiyatdan foydalanish va
ishlab chiqilgan texnologiyalarni tijoratlashtirish maqsadida tashkil
etiluvchi tuzilma.
Texnopolis
— fan va ishlab chiqarish integratsiyasining juda
tezlashgan konsepsiyasi.
Texnologiyalar darajasi
— sanoat
mahsulotini yaratishda
mehnat predmetlariga ta’sir ko‘rsatish usullari va qo‘llaniladigan
asbob-uskunalar majmui haqidagi ilmiy va amaliy bilimlarning
rivojlanganlik darajasi.
Urbanizatsiya
– jamiyat taraqqiyotida shaharlar rolini oshirish
jarayoni. Urbanizatsiya jarayoni shahar aholisining tabiiy o‘sishi,
qishloq aholi punktlarini shaharlarga aylantirish, keng shahar oldi
hududlarini shakllantirish hamda aholining qishloq joylaridan shahar
joylariga migratsiyasi hisobiga ro‘y beradi.
Franchayzing
– yirik kompaniya (franchayzer) hamda kichik
firmalar (franchayzi) o‘rtasidagi shartnoma tizimi bo‘lib,
unga asosan
franchayziga franchayzerning mahsulotlarini uning tovar belgisidan
foydalangan holda sotish huquqi beriladi.
Yangi buyum
— ilmiy-texnik tashkilot
personalining tadqiqot va
ishlanmalarni bajargandan keyin
tajriba namunalarida moddiy
mujassamlikni olgan intellektual faoliyati natijasi.