246
majburiyatlarni o‘z muddatida, eng kam
xarajatlar bilan eng yuqori
samaradorlikka erishgan holda bajarish imkonini beruvchi korxona
hajmi.
Korxonaning tijorat sirlari
– korxonaning ishlab chiqarish,
texnologiyalar, boshqaruv va boshqa turdagi faoliyati bilan bog‘liq,
oshkor qilinishi korxona manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin
bo‘lgan, davlat sirlariga aloqasi bo‘lmagan ma’lumotlar.
Lizing
- mulkka egalik qilish huquqi ijaraga beruvchida
saqlangan holda, mulkni uzoq muddatli ijaraga berishga asoslangan
holda investitsiyalarni moliyalashtirish shakli; mashina, uskuna va
transport vositalarining o‘rta va uzoq muddatli ijarasi.
Litsenziya
- qonunda belgilangan muayyan xo‘jalik
operatsiyalari,
jumladan, tashqi savdo (eksport va import)
operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha, vakolatli davlat
idoralarining huquqiy shaxslarga beruvchi maxsus ruxsatnomasi.
Marketing
- korxonalarning mahsulot ishlab chiqish, ishlab
chiqarish va sotish yoki xizmat ko‘rsatishga oid faoliyatini, bozorni va
iste’molchilar talabiga faol ta’sir ko‘rsatishni o‘rganish asosida
boshqarish tizimi.