|
Atamalar lug‘ati aksiyadorlik jamiyatiBog'liq Iqtisodiyot va menejment leksiyalar kursi-242-257Raqobatbardoshlik
– o‘z faoliyatini bozor munosabatlari
sharoitida amalga oshirish va bunda ishlab chiqarishni ilmiy-texnik
jihatdan takomillashtirish, xodimlarni rag‘batlantirish va mahsulot
sifatining yuqori bo‘lishini ta’minlashga yetarli bo‘lgan foyda olish.
Reklamatsiya
- xaridor tomonidan sotuvchiga shartnoma asosida
yetkazib berilgan tovar sifati va miqdorining shartnomaga to‘g‘ri
kelmasligi tufayli bildiruvchi da’vosi.
Sertifikat -
mas’ul idoralar tomonidan mahsulotni ekspertiza
qilish asosida beriluvchi, mahsulot sifatini belgilovchi hujjat.
Smenalilik koeffitsiyenti
–uskunalarning vaqt bo‘yicha ish bilan
ta’minlash darajasi ko‘rsatkichi; sutka davomida ishlab berilgan
mashina-smenalarning o‘rnatilgan barcha smenalar soniga nisbati
orqali aniqlanadi.
Stanadartlashtirish
- ishlab chiqarishning ma’lum bir sohasida
faoliyatni tartibga solish maqsadida barcha manfaatdor tomonlar
ishtirokida qoidalar belgilash va qo‘llash. Normativ hujjatlar,
standartlar, yo‘riqnomalar, usullar, talablarda aks ettiriladi.
Ta’sis hujjatlari
– yangi tashkil qilinuvchi korxona, kompaniya,
aksiyadorlik jamiyatini ta’sis etish va ularni belgilangan tartibda
ro‘yxatga olish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi hujjatlar.
Texnik qayta qurollantirish
– ishlab chiqarish alohida
uchastkalarining texnik imkoniyatlarni zamonaviy darajaga chiqarish
jarayoni.
Uskunalarni zamonaviylashtirish
– harakatdagi uskunalar
konstruksiyasiga, uning texnik darajasini oshiruvchi hamda texnik va
iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilovchi sezilarli o‘zgarishlar kiritish.
Zamonaviylashtirish ikkinchi shakldagi ma’naviy eskirishning oldini
olishga ko‘maklashadi.
Ustama xarajatlar
– asosiy xarajatlarga qo‘shimcha bo‘lib, ular
bilan birga ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiritiluvchi, ishlab
chiqarish va korxona boshqaruviga xo‘jalik xizmati ko‘rsatish
xarajatlari.
|
| |