• KUTILAYOTGAN INFLYATSIYA DARAJASI
  • KVAZIBOZOR IQTISODIYOTI (lot.)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet457/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   453   454   455   456   457   458   459   460   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    KUPONLAR INKASSASI - bankning o‘z mijozi topshirig‘iga ko‘ra kuponlar to‘lovini amalga oshirishi.
    KUPONLI OBLIGATSIYA - har yili daromad keltirib turadigan yirtma qismga ega obligatsiya.
    KUPYURA — qog‘oz pullar, banknot, qimmatli qog‘ozlarni ifodalaydigan qog‘oz. Shu qog‘oz pul — banknot, obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarning o‘zi.
    KURS FARQI — birja aksiya narxining o‘zgarishi, farqi.
    KURTAJ — birjada bitimlar tuzilayotganda vositachilik uchun makler tomonidan olinadigan mukofot. Odatda tuzilgan bitim summasiga nisbatan promillarda hisoblab chiqiladi va maklerga ham sotuvchi, ham sotib oluvchi tomonidan to‘lanadi. Kurtaj stavkalari qimmatli qog‘ozlar va tovarlar kategoriyalariga, shuningdek, bitimlar hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Kurtaj miqdori birja ustavi bilan yoki bitim ishtirokchilar va makler o‘rtasidagi kelishuvga qarab belgilanadi.
    KUTILAYOTGAN INFLYATSIYA DARAJASI – mavjud ijtimoiy-iqtisodiy axborotlar, ma’lumotlar asosida alohida shaxs va korxonalar tomonidan kutiladigan bo‘lg‘usi davrdagi inflyatsiya darajasi.
    KVADRIPLIKAT” - xalqaro savdo bitimlaridagi shartnomaning to‘rtinchi nusxasiga qo‘yilgan to‘rtburchak muhr.
    KVALIMETRIYA - mahsulot sifatini miqdoriy baholash usullari haqidagi fan.
    KVAZIBOZOR IQTISODIYOTI (lot.) kvazi so‘zi o‘z mohiyatiga ko‘ra “yolg‘on” — haqiqiy emas, degan ma’noni anglatadi. K.i. ham haqiqiy bo‘lmagan ma’noni beradi.
    KVAZI PULLAR (lot.) — tijorat banklaridagi muddatli omonatlar. Depozitlardan farqli o‘laroq K.p. o‘z xo‘jayinlariga foizlar olib keladi, ammo chekka buyruq berish huquqini bermaydi. Shuning uchun muomala va to‘lov vositalari sifatida ularning roli unchalik emas. Ammo keyingi paytda G‘arbda ayrim jamg‘arma banklari omonatchilarga foiz to‘lash bilan bir qatorda chekka buyruq berish huquqini ham berishmoqda. K.p. ayni paytda saqlash va tabiiy jamg‘arish rolida namoyon bo‘lmoqda, shuning uchun ular ssuda kapitalining turli xil ko‘rinishi ham hisoblanadi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   453   454   455   456   457   458   459   460   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.