• “shou”
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet460/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   456   457   458   459   460   461   462   463   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    KO‘P UKLADLI IQTISOD - turli mulk shakllari va har xil xo‘jalik turlarining yaxlitligidan taskil topgan iqtisodiyot.
    KO‘PRIK PULI — O‘rta Osiyo xonliklari hududida mahalliy va hukumatga qarashli bo‘lgan ko‘priklardan mol olib o‘tuvchilardan olinadigan o‘tish haqi, boj yoki yig‘in.
    KO‘RGAZMA — mahsulotlar, xizmatlar yoki san’at asarlari namoyish etish uchun joylashtirilgan, tijorat bitimlari tuzish, tekshirish yoki ko‘ngil ochish uchun mo‘ljallangan joy. Shuningdek, “shou” degan ommaviy nomi ham mavjud (shou).Rossiya Federatsiyasida “vistavka”, AQSHda “ekspozitsiya” deb ham ataladi (expositions). Ko‘rgazmalar o‘z o‘lcham va tematikasi bo‘yicha nihoyatda rang-barang bo‘ladi. Odatda mahalliy yoki mintaqaviy darajadagi miniko‘rgazmalar mahalliy tijoratchi tashkilotlar, savdo va texnika xodimlari uchun mo‘ljallanadi. Bunday ko‘rgazmalarni ana shu faoliyat turlariga ixtisoslashgan kompaniyalar tashkillashtiradi va o‘tkazadi. Odatda bunday ko‘rgazmalarda qatnashchilar soni oz bo‘ladi. Har bir ishtirokchi o‘z mijozlariga, mehmonlarga va potensial mijozlarga taklifnomalar va bepul kirish chiptalari jo‘natadi. Yoki bu ishni ko‘rgazma tashkilotchisi amalga oshirishini iltimos qiladi. Xizmatlar ishlab chiqaruvchilar, distribyuterlari va yetkazib beruvchilari ko‘pincha eng kerakli mehmonlar uchun taklifnomalar jo‘natgan holda o‘z juz’iy miniko‘rgazmalarini tashkil qiladi. Ana shu shkalaning boshqa bir qutbida esa gigant savdo ko‘rgazma-yarmarkalar, masalan, Gannoverdagi ko‘rgazma (Germaniya), Farnborodagi aviashou va Parijdagi aviasalon (Fransiya) ko‘zga tashlanadi. Buyuk Britaniyada esa keng omma uchun mo‘ljallangan ko‘rgazmalar sirasiga “Ideal uy” ko‘rgazmasi va “Motor shou” avtosaloni kiradi.
    Xalqaro ko‘rgazmalar byurosi ta’rifiga ko‘ra, ko‘rgazma — asosiy maqsadi tovarlar, texnika va texnologiyalarni namoyish etish yo‘li bilan insoniyat faoliyati bitta yoki bir necha sohalarida ularning mavjudligi to‘g‘risida keng ommaga axborot berish bo‘lgan tovarlar namoyishidir. Xalqaro yarmarkalar ittifoqi ta’rifiga ko‘ra, yarmarka — yirik tovarlar va xizmatlar bozorini ifoda etuvchi, bitta va aynan o‘sha joyda zamonning cheklangan davri mobaynida belgilangan muddatda ish ko‘radigan va ekspotentlarga bitimlar tuzish uchun o‘z mahsulotlarini namoyish etishga ruxsat beriladigan namunalar iqtisodiy ko‘rgazmasidir. Ko‘rgazmalar va yarmarkalarda turli-tuman namunalarni namoyish etish, tijorat-tashviqot ishlarini o‘tkazish, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilari aloqalari o‘rnatilishi va bitimlar tuzilishi kabilar amalga oshiriladi. Ko‘rgazmayarmarkalarda ishtirok etish uzluksiz xarakterga ega bo‘lishi, marketingni ajralmas uzviy bir qismi bo‘lishi va ana shu tadbirlarda ishtirok etishdan foydani maksimal darajada ro‘yobga chiqarish maqsadida ishlab chiqarish-sotish faoliyati rejasi bilan bog‘lanib ketgan bo‘lishi lozim. Ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etishning asosiy afzalligi va ustunligi ishlab chiqaruvchi va potensial xaridor o‘rtasida bevosita (shaxsiy) kontakt o‘rnatilishi sanaladiki, bu narsa bozor talablariga ishlab chiqarishning maksimal darajada tez moslashuvini ta’minlashga imkon beradi. Jahon amaliyotida ko‘rgazmalar va yarmarkalarningquyidagi turlari keng tarqalgan: xalqaro yoki milliy; umumiy savdo yoki tarmoqlar bo‘yicha ixtisoslashgan; ommaviy yoki faqat mutaxassislar uchun nazarda tutilgan; doimiy yoki qandaydir voqeaga bag‘ishlab tashkil etiladigan ko‘rgazmalar va yarmarkalar. Ko‘rgazmalar va yarmarkalarni tashkillashtirish quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi: firmani reklama qilish; buyurtmalarni bevosita qabul qilish, keyin buyurtmalar uchun talabnomalar olish; ehtimol tutiladigan agentlar yoki distribyutorlar izlash; bozor sig‘imini o‘rganish yoki firma mahsulotining mazkur bozorga yaroqliligi darajasini baholash. Ko‘rgazma yoki yarmarkada ishtirok etish maqsadga muvofiqligi nufuzdorlikka, tashkilotchilar obro‘ e’tiboriga, sotuvchi manfaatdor bo‘lgan auditoriya mavjudligiga, ana shu tadbir ishtirokchilari kontingentiga, tadbirni o‘tkazish vaqtiga bog‘liq bo‘ladi. Firmaning ko‘rgazma yoki yarmarkada ishtirok etishiga oid tayyorgarlik ishlari oldindan o‘tkaziladi va oldindan rejalashtirish hamda stendni bezash bo‘yicha barcha masalalarni hal qilish (ko‘rgazma uchun tovarlar tanlab olish, dizayn, ko‘rgazma zalida stend joylashadigan nuqtani va yordamchi xonalarni tanlash, kommunikatsion ta’minot talablarini hisobga olish, xodimlar uchun mehmonlarda nomerlarni bronlashtirish va hokazo), ana shu tadbir uchun butun javobgarlik zimmasiga yuklatiladigan mas’ul ijrochini ajratish, stendlarni badiiy bezash, uni ta’minlash, reklama tadbirlarini qo‘llab-quvvatlash, tashrif buyuruvchilar ko‘nglini xushlash bo‘yicha xarajatlarning barcha moddalarni inobatga olgan holda xarajatlar smetasini tuzish; sug‘urta yig‘imlari va hokazolarni o‘z ichiga oladi. Ko‘rgazma va yarmarka natijalarini baholash talabnomalar formulyari va tashrif buyuruvchilarni hisobga olish daftarlari yordamida o‘rganiladigan olingan axborotlarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   456   457   458   459   460   461   462   463   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.