• KO‘RINMAS EKSPORT (ingl. Ik visihle exports)
  • KO‘RSATKICH (INDIKATOR)
  • KO‘RSATKICHLAR BALANSLANGAN TIZIMI
  • Devid Norton
  • Stiven Kerr
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet461/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   457   458   459   460   461   462   463   464   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    KO‘RGAZMA-YARMARKA — professional, savdo va texnikaviy xaridorlar uchun mahsulotlar va xizmatlarni reklama qilish maqsadida tashkil qilingan ko‘rgazma. Odatda ko‘rgazma ishtirokchilari unga o‘zlarining mavjud va potensial mijozlarini taklif etishadi. Qoida tariqasida, ko‘rgazma tashkilotlari savdo OAVda auditoriya keng ommasi e’tiborni ana shu voqeaga jalb etish uchun ko‘rgazmalar o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lonlar chop ettiradilar.
    KO‘RINMAS EKSPORT (ingl. Ik visihle exports) — moddiy tovarlar ishtirok etmaydigan xalqaro savdo. Moliyaviy xizmatlar, sug‘urta, turizm, ekspeditorlik xizmatlari va yuklarni tashish ana shunday mahsulot va xizmatlar sirasiga kiradi. Ular ko‘rinmas va moddiymas bo‘lishiga qaramasdan, mamlakat va davlat hukumati havola etadigan savdo balansiga qo‘shib qo‘yiladi.
    KO‘RSATKICH (INDIKATOR) - Mamlakat rivojlanishining iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlarini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan statistik o‘lchov. Ko‘rsatkichlar ma’lumotlar yig‘ish va baholashning turli usullaridan foydalanuvchi turli tashkilotlar tomonidan yig‘ilganligi sababli ular orasida farqlar bo‘lishi mumkin.
    KO‘RSATKICHLAR BALANSLANGAN TIZIMI — 1990 yilda butun dunyoga tanilgan “KRMG Real Narvik” auditorlik-konsalting kompaniyasi “Norlan Norton Institute” tadqiqotlar markazi tomonidan maqsadi nomoliyaviy ko‘rsatkichlarga asoslanuvchi samaradorlikni o‘lchash yangi alternativ metodlarini topish bo‘lmish “Mensurring Performanse in ze Organization of ze Future” — “Kelajak tashkiloti samaradorligini o‘lchash” tadqiqoti doirasida yaratilgan konsepsiya. Tadqiqotga bugungi kunda “Balansed Skoresard Kollaboratore” rahbari lavozimini egallab turgan “Norlan Norton Institute” direktori Devid Norton va loyihaning ilmiy maslahatchisi sifatida jalb etilgan “Garvard biznes maktabi” professori Robert Kaplan boshchilik qilgan edi.
    Avvalgi boshqaruv yondoshuvlarida zaif joylar va noaniqliklarni aniqlab, o‘z yangi metodikasida mualliflar kompaniyaning moliyaviy faoliyatini muvozanatlashtirish uchun nimalarni o‘lchash kerakligi aniq-raso tavsifini taklif qildi. Amaliyotda foydalanilayotgan moliyaviy ko‘rsatkichlar kompaniyaning kelgusida o‘sishini ta’minlamasligi to‘g‘risidagi tezis konseptual asos tariqasida olingan edi. Kompaniya diqqat-e’tiborining asosiy ob’ektlari quyidagi to‘rtta pozitsiya — moliya, marketing, ichki biznes-protsesslar, ta’lim berish va o‘sish — kompaniyaning muvozanatlashgan o‘sishini ta’minlovchi omillar bilan tasviflanuvchi tashkilotning iqtisodiy qadriyatlari bo‘lishi kerak. Konsepsiya doirasida ana shu yo‘nalishlarni baholash ham moddiy, ham moddiylashmaydigan aktivlarni baholashga kompleks tarzida yondoshuvga asoslangan. “BSC” va “EVA” konsepsiyalari deyarli bir paytda vujudga keldi va bugungi kunda biznes-innovatsiyalar olamida eng ommabop konsepsiyalardan biri hisoblanadi. BSC va EVA rejalashtirish va budjetlashtirish jarayonlariga birdek yaxshi bog‘lanishi, korporativ darajadan to xo‘jalik bo‘linmalari va hatto alohida individlar darajasiga qadar keng quloch yoyishi mumkin. BSC afzalligi uning yaxlitligi va tizimdorligida namoyon bo‘ladi, u moliya va amaliy iqtisodiyot sohasida maxsus bilimlar mavjud bo‘lishini talab qilmaydi. EVA boshqa ustunlikka — matematik aniq-rasolikka egadir. Har ikkala konsepsiyaning ijobiy tomonlarini birlashtirib, kuchaytirilgan prognozlash imkoniyatlariga ega bo‘lgan yanada samarali tuzilmasini hosil qilish mumkin. BSC va EVA kombinatsiyalanishi samaradorligi empirik jihatdan tasdiqlangan: Amerika Qo‘shma Shtatlarida “AT&T” va Buyuk Britaniyada “Boots Rls”, Meksikada diversifikatsiyalangan “Grupo Bal” birlashmasi, tozalovchi vositalar ishlab chiqaruvchi bir qator firmalar, umumiy ovqatlanish muassasalari va boshqalar birgalikda ana shu dastaklardan foydalanmoqda. Aytib o‘tilgan firmalardan har bittasi o‘z BSC tuzilmasidan foydalanadi va ana shu tuzilmaga EUAni o‘zicha integratsiyalaydi. Shunday qilib, VBSning to‘rtala “istiqbolli yo‘nalishi” aniq-ravshan belgilangan aloqalarga ega bo‘lgan berk konturni yuzaga keltiradi. Bazaviy ko‘rsatkich sifatida EUAning moliyaviy “istiqbol”ga kiritilishi BSC foydali, ammo birmuncha tarqoq ko‘rsatkichlar turkumidan mo‘ljallagan maqsadlari aniq-raso ifodalangan tizimga aylantirishga imkon ochadi. Ko‘rib chiqilgan konsepsiyalarning umumiy maqsadi faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlarini ko‘zdan kechirib boradigan va ana shu axborot negizida kompaniyada ro‘y berayotgan voqealarga ta’sir o‘tkazishga imkon beradigan formallashgan sistemani yaratishdir. Har qaysi tizimda bazaviy ko‘rsatkichlar ishlab chiqarish va mahsulotlar va xizmatlar realizatsiyasi har bir bosqichidagi sarf-xarajatlarni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar sanaladi. Darvoqe, bunda sarfxarajatlar yig‘indi holida iqtisodiy tashkilotning texnologik ish faoliyatini o‘zida ifoda etuvchi operatsiyalar va biznes-protsesslar turlari bo‘yicha differensiatsiyalanadi. Har bir konsepsiya muallifi korrektlik va universallikka da’vogarlik qiladi va ayni mahalda har bir tashkilot, kompaniya, korxonada o‘zining spetsifik ish faoliyati sharoiti mavjudligini, bu narsa alternativlarni variantlashtirish imkoniyatlarida aks etishini alohida ta’kidlaydi. Amalda har bir konsepsiya hozirgi zamon biznesi uchun ham xarakterli bo‘lgan spetsifik shart-sharoitlarni inobatga olgan holda biznesni baholash texnologiyasini tavsiflashni o‘zida gavdalantiradi. 1970 – 1990-yillar davomida bir qator tadqiqotchilar qiymat va firma faoliyati samaradorligi muammosini hal qilishga urinib ko‘rdilar. Olis 1975 - yildayoq Stiven Kerr ko‘plab kompaniyalar faoliyati yakunlarini chiqara turib, turli-tuman maqsadlar uchun xo‘jalikmoliya faoliyati natijalarini baholash har xil o‘lchash tizimlari mavjud bo‘lishi zarurligi, ammo buni hal qilishga amerikalik R.S.Kaplan va D.P.Norton hammadan ko‘ra yaqinroq kelib qolgani to‘g‘risida xulosa yasagan edi. Ular 1990 - yilda 12 ta yirik kompaniyalar faoliyati natijalarini o‘lchash tizimini tadqiq etishgan, ana shu kompaniyalar esa o‘z o‘lchash tizimlarini ularga nomoliyaviy xarakterdagi ko‘rsatkichlarni kiritish yo‘li bilan kengaytirishga intilgan, chunki bu narsa ularga boshqaruv va marketing qarorlari qabul qilish uchun axborot bazasini yanada kengaytirishga imkon berishi mumkin edi. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari ko‘rsatkichlar muvozanatlashtirilgan tizimi — BSC konsepsiyasi paydo bo‘lishiga olib keldi. Shu taxlit, kompaniyalar rahbariyatining turli guruhlar — aksiyadorlar, iste’molchilar, hamkorlar, kreditorlar manfaatlarini organik uyg‘unlashtirish hisobiga boshqaruv va marketing funksiyalarini kengaytirishga intilishi BSC yuzaga kelishi zamini bo‘ldi. Yirik biznesning bunga o‘xshash ko‘p vektorli siyosatini ro‘yobga chiqarish uchun esa strategik maqsadlar va hal qiluvchi ko‘rsatkichlar kompleks tizimiga, shuningdek, strategik o‘lchashlarning yaxshi tashkillashtirilgan va muvozanatlashtirilgan tizimiga ega bo‘lish kerak edi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   457   458   459   460   461   462   463   464   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.