|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 469/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)Kunlik buyruq – mijoz uni bekor qilmaganga qadar yoki bajarilmaguncha amal qiladi.
“O‘z zimmamga olmayman” buyrug‘i – bu shuni anglatadiki, broker mijozning qimmatli qog‘ozlari bilan bitim tuzish imkoniyati boy berganligi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Bu buyruq brokerga mijoz tomonidan belgilanadigan limit doirasida narxni va buyruqni bajarishning vaqtini belgilash bo‘yicha o‘z fikrlaridan foydalanish imkonini beradi.
Ko‘lamli buyruq – mijozning brokerga bir vaqtning o‘zida turli shartlardagi bir necha limitlangan buyruqlarni qatorasiga bajarish buyrug‘ini anglatadi. Buyruqning maqsadi qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish yoki sotishning eng qulay “o‘rtacha” narxiga erishishdan iborat.
Muqobil buyruq – bir turdagi qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish yoki sotish topshirig‘ini anglatadi. Buyruq mijoz tomonidan ko‘rsatilgan nomlarning biri bo‘yicha bajarilishi bilanoq boshqa buyurtmalar avtomatik tarzda olib tashlanadi.
O‘tkazma buyruq – bir turdagi qimmatli qog‘ozlarni sotishdan tushgan tushumlardan boshqa qimmatli qog‘ozlarni xarid qilishda foydalanishni nazarda tutadi.
“Hammasi yoki hech narsa” buyrug‘i – mijozning qimmatli qog‘ozlar turkumini butunlay sotish yoki xarid qilish topshirig‘ini anglatadi. Agar broker mazkur shartnomani bajara olmasa, buyruq bekor qilinadi. Bo‘lib o‘tgan savdolarning natijalariga ko‘ra broker tomonidan mijozning buyrug‘i bajarilmagan hollarda broker unga bajarilmaganlik sabablari haqida xabar qiladi. Bunda u talabnomalarni savdolarga qo‘yish qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘larini oldindan musodara qilish operatsiyalari bo‘yicha bajargan ishlari uchun mijozdan ushbu operatsiyalarga qilingan xarajatlarning qoplanishini so‘rash huquqiga ega. Amaliyotda aksariyat hollarda brokerning mijozlari bilan bitim tuzmasdan ko‘rsatgan xizmatlariga haq to‘lanmaydi. Agar broker bitimni amalga oshirsa, u mijozga hisobot berishi kerak. Unda avval tuzilgan topshiriq shartnomasining bajarilganligini bildirgan holda, broker mijozga qator harakatlar va to‘lovlarni, shu jumladan, birjaga hamda brokerning vositachilik haqini, depozitariyga xizmat haqini va shu kabi to‘lovlarning amalga oshirilishini taklif qiladi. Topshiriq shartnomasining bajarilishi jarayonida brokerlar va ularning mijozlari o‘rtasida yuzaga kelgan bahslar, buyruqlarga aniq rioya etish masalalari umumiy belgilangan birjaning nizolar bo‘yicha komissiyasi tomonidan yoki xo‘jalik sudi organlarida ko‘rib chiqilishi mumkin.
|
| |