|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 470/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)LIMIT NARX - maksimal va minimal chegaralari aniqlanib, ulardan yuqori yoki past belgilanmaydigan tovar va xizmatlar qiymatining puldagi ifodasi.
LIMITED (lot.) — o‘z majburiyatlari bo‘yicha kompaniyaning cheklangan mas’uliyatini belgilash. Nomlashda mavjud abbreviatura ishtirok etgan jamiyat faqat unga tegishli o‘z mulkiy majburiyatlari bo‘yicha javob beradi va Aksionerlar (paychilar) majburiyatlari bo‘yicha mas’ul hisoblanmaydi. Aksionerlar faqat o‘z omonati yoki pay doirasida jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javob beradi. Buyuk Britaniyada mavjud termin xususiy firmalarni nomlashda foydalaniladi, unda Aksionerlar soni cheklangan bo‘ladi.
LIMIT INTIZOMI — bank muassasalari tomonidan kreditlangan limitlardan foydalanish qoidalariga rioya etish.
LIMIT KONTRAKTLARI — bitta shaxs egallashi mumkin bo‘lgan maksimal yo‘l qo‘yiladigan fyuchers kontraktlar soni. Baholarni manipulyatsiya qilishni bartaraf etish uchun savdo birjasini tartibga soluvchi birjalar yoki organlar tomonidan o‘rnatiladi.
LIMIT XABARNOMASI — zayomchiga yoki zayomchilar guruhiga tasdiqlangan kredit rejasiga mos ravishda kreditlash limitini o‘rnatish to‘g‘risida bankning quyi muassasalarini xabardor qilish.
LIMIT XATI — korxona (birlashma)lar bo‘yicha tasdiqlangan kredit rejasida kreditlarning reja hajmlari to‘g‘risida idora tomonidan jo‘natilgan bank boshqarmasini xabardor qilish.
LIMITLANGAN BUYURTMA — mijoz aniq bahosini ko‘rsatgan, shu bo‘yicha, agar treyder uni sotib olish quvvati bo‘lsa, bitim tuzilishi yoki yaxshi baho qo‘yilishi kerak bo‘lgan buyurtma.
LIMITLANGAN CHEK KNIJKALARI - chek hisob-kitoblarining komplekt blankalari (10. 20, 25 va 50 varaq); tovarlar va xizmatlar hisob-kitobi uchun to‘lovchiga bank tomonidan beriladi. Bu shunday holatlarda ro‘y beradi: agarda u bank tomonidan maxsus ssuda schoti yoki yo‘ldagi hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha kreditlangan bo‘lsa, to‘lov krediti olishga huquqi yo‘q yoxud limitlanmagan chek daftarlaridan foydalanishi mumkin emas.
|
| |