Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




Download 0,64 Mb.
bet473/485
Sana10.07.2024
Hajmi0,64 Mb.
#267286
1   ...   469   470   471   472   473   474   475   476   ...   485
Bog'liq
TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

LITSENZION TUSHUM — tovarlarni chegaradan o‘tkazib qo‘yishga rasmiy muassasalarning yozma ruxsatini olishda importyorlar va eksportyorlardan olinadigan turli xil soliq.
LITSENZIYA (lot.) — 1) tovarlarning eksport va importi va eksport-import faoliyatni amalga oshirishga ruxsat berish orqali valuta mablag‘larini sarflash ustidan davlat nazorat shakllaridan biri; 2) Kelishilgan mukofot uchun ma’lum muddat davomida litsenziya shartnomasi asosida ixtirodan (nou-xau va h.k.) foydalanishga ruxsat berish. L. asosiy turlariga quyidagilar kiradi: a) oddiy; b) maxsus; v) to‘liq; 3) L. (lat.licentia-erkinlik, huquq) ruxsatnoma: chet mamlakatlardan mol keltirish yoki chet elga mol chiqarish uchun davlat organlari tomonidan beriladigan ruxsatnoma; 4) biror narsadan yengil shartlar bilan yoki bepul foydalanish huquqi; 5) chegaradan mol chiqarish yoki mol kiritishda boj to‘lovlarini kamaytirish. Patentlangan L. ro‘yxatga olinib, guvohnoma berilgan kashfiyotdan foydalanish huquqini boshqalarga berish; 6) L. – ruxsat berish: patent egasi tomonidan foydalanish uchun ma’lum muddatga va ma’lum haq evaziga ruxsat berish; 7) mahsulotlarni eksport yoki import qilish uchun davlat idoralaridan olinadigan yozma ruxsatnoma; 8) Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan faoliyatning muayyan turlari bilan shug‘ullanmaslik uchun (masalan, tibbiy xizmat, yuridik xizmat va hokazo) davlatning vakolatli idoralariga belgilangan tartibda murojat qilish yo‘li bilan olinadigan maxsus ruxsatnoma; 9) L. — u yoki bu mahsulotni tayyorlash, xo‘jaiik ishlab chiqarish va ilmiy faoliyatning turini amalga oshirish, mahsulotning ma’lum bir turi va miqdorini eksport yoki import qilish, olib kirish, olib chiqish yoki o‘tkazib ketishga davlat yoki mahalliy boshqaruv organlarining rasmiy ruxsati (roziligi). Savdo qilish huquqi yoki lotereya va mahalliy auksionlarni o‘tkazish uchun litsenziya uch nusxada rasmiylashtiriladi. Birinchi nusxa ijarachiga (o‘tkazuvchiga, shug‘ullanuvchiga) beriladi, ikkinchisi tuman soliq inspeksiyasiga yo‘llanadi, uchinchi nusxa esa tegishli qaror, xat va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birgalikda tuman yoki shahar ma’muriyatining ish jildida saqlanadi. Litsenziya olish uchun murojaat etayotgan jismoniy shaxslar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega ekanliklari to‘g‘risida guvohnomaga ega bo‘lishlari shart; 10) L. bu litsenziyalovchi organ tomonidan yuridik yoki jismoniy shaxsga berilgan, litsenziya talablari va shartlariga so‘zsiz rioya etilgani holda faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (huquq) hisoblanadi; 11) L. texnologiya egasi (litsenziar) tomonidan manfaatdor tomonga (litsenziatga) patent bilan himoyalangan yoki himoyalanmagan texnologiyadan muayyan muddat va to‘lov evaziga foydalanish uchun beriladigan ruxsatnoma.

Download 0,64 Mb.
1   ...   469   470   471   472   473   474   475   476   ...   485




Download 0,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

Download 0,64 Mb.