Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




Download 0,64 Mb.
bet481/485
Sana10.07.2024
Hajmi0,64 Mb.
#267286
1   ...   477   478   479   480   481   482   483   484   485
Bog'liq
TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

LOYIHA RISKLARI TAHLILI (ingl. risk project analysis) — loyiha risklarini baholash metodlaridir. “Bazaviy variant” deb ataladigan narsa uchun loyiha samaradorligi mezonlari — kriteriylari qo‘lga kiritilganda hali ham uni bo‘lg‘usi voqealar noma’lumligi va to‘plangan axborotlar aniq-raso emasligi sababiga ko‘ra yakunlangan va nihoyasiga yetkazilgan deb hisoblash mumkin emas. Jahon banki ma’lumotlariga qaraganda, ekspertlar malakasiga va loyihani tayyorlash izchilligiga bog‘liq holda prognoz tariqasidagi ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topishi amaliyotda 50% dan oshmaydi. Yaqin kelajakka mo‘ljallab rejalashtirilgan loyiha qiymati, boz ustiga, hisobkitoblar uchun qabul qilingan loyiha mahsulotlari yoki xizmatlari narxi vaqt o‘tishi bilan o‘z tasdig‘ini topmasligi ham mumkin. Shuning uchun ham loyihaning miqdoriy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish jarayonida nafaqat ularning hisobkitoblar modellari uchun ahamiyatini, qolaversa balki ularning o‘zgarib ketishi ehtimol tutiladigan jihatlarni ham aniqlash zarur. Shunday ekan, loyihani tayyorlash vazifalari sirasiga shuningdek ob’ektiv ravishda ko‘zda tutish imkoni bo‘lgan qolgan 50% tahlili yoki risklar tahlili ham kiradi.
Loyiha risklari tahlili quyidagilarga imkon beradi: a) loyihani eng kam darajadagi risk mezoni bo‘yicha tanlab olishga; b) loyihaning barcha ishtirokchilari uchun foyda olinishi ehtimolligi darajasini qiyoslash va daromad hamda risk ahamiyatini “tavakkali qancha katta bo‘lsa, foydasi ham shuncha ko‘p bo‘ladi” tamoyili bo‘yicha muqoyasa qilishga; v) loyihaga xizmat ko‘rsatuvchi hujjatlarni tayyorlash bosqichida qayta-qayta ishlash, masalan, kontraktlarning turli-tuman xillaridan — servis kontrakti, mahsulotning doimiy ulushiga ega bo‘lgan kontrakt, mahsulot ulushi o‘zgaruvchan miqyosga ega bo‘lgan kontrakt, mahsulot birligi uchun qat’iy qayd etilgan to‘lov bo‘lgan kontrakt va hokazolardan olinadigan foydani qiyoslab solishtirib ko‘rish lozim.
Risklar tahlili bosqichida loyiha samaradorligini baholashga umumiy yondoshuv sof joriy qiymatning kattaligi — ko‘rsatkichi barcha yoki hech bo‘lmaganda loyiha birlamchi axborotlari inobatga olinadigan ehtimoliy o‘zgarishlarining ko‘pchiligida o‘z ijobiy ahamiyatini saqlab qolishiga qat`iy ishonch hosil qilishda mujassamlashgan bo‘ladi. Xalqaro amaliyotda loyiha risklari tahlilini o‘tkazishning uchta metodi ishlab chiqilgan, chunonchi: a) sezgirlik tahlili; b) senariylar tahlili; v) Monte-Karlo metodi bo‘yicha risklar tahlili yoki modellar tahlili.

Download 0,64 Mb.
1   ...   477   478   479   480   481   482   483   484   485




Download 0,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

Download 0,64 Mb.