|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 480/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)LOTEREYA BILETI — taqdim etiladigan qimmatli qog‘oz. Unga egalik qilish fuqarolikhuquqiy majburiyatlarning vujudga kelishi uchun asos bo‘ladi. Bunga muvofiq, lotereya o‘yinida qatnashuvchi bilet egasi biletiga chiqqan yutuqni lotereya tashkilotchisidan talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.
LOTIN AMERIKASI IQTISODIY TIZIMI – Lotin Amerikasi va Karib dengizi havzasi mamlakatlarining hududiy iqtisodiy tashkiloti. Panama Konventsiyasiga muvofiq 1975 yilda tuzilgan. Tuzishdan maqsad ichki hududiy hamkorlikka ta’sir ko‘rsatish, xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha umumiy pozitsiyani ishlab chiqish. Qo‘yilgan miqdorlarga erishish uchun qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ishlab chiqarish sohasida kooperatsiya, sanoatni rivojlantirish va uning integratsiyasi, moliya sohasida aloqalarni kuchaytirish ko‘zda tutiladi. Hududdagi 26 davlat L.a.i.t. a’zolari hisoblanadi. L.a.i.t. moliyalash a’zo mamlakatlarning ularning iqtisodiy imkoniyatlariga mos ravishda badallari hisobidan amalga oshiriladi.
LOYALLIK (ingl. Loyalty) — iste’molchining markaga, brendga munosabati xarakteristikasi, aynan shu mahsulotni iste’mol qilishdan qanoatlanishni tavsiflovchi sadoqat va takror xaridni amalga oshirishi ehtimoli.
LOYIHA ISHTIROKCHILARI RISKI - bu ishtirokchilarning loyiha faoliyati doirasida o‘z majburiyatlarini anglagan holda yoki majburiy tarzda bajarmaslik riski. Birgina loyiha ishtirokchisining o‘z majburiyatlarini bajarmasligi, boshqa ishtirokchilarning o‘z majburiyatlarini bajara olmasligiga olib kelishi, natijada loyiha barbod bo‘lishi mumkin. Loyiha ishtirokchilari riskiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: ishtirokchilarning vijdonsizligi; ularning professionallik darajasi, moliyaviy holatining nobarqarorligi, ishtirokchilarni turli risklardan yetarlicha sug‘urtalanmaganligi natijasida kelib chiqadi. Masalan, loyiha smeta qiymatining oshish riski qurilish tashkilotining vijdonsizligi natijasida ro‘y berishi mumkin. Ish sifatining pastligi riski, ko‘p hollarda, tanlangan pudratchi va boshqa ishtirokchilarning yetarli tajribaga ega emasligi bilan bog‘liq bo‘ladi.
|
| |