Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




Download 0,64 Mb.
bet482/485
Sana10.07.2024
Hajmi0,64 Mb.
#267286
1   ...   477   478   479   480   481   482   483   484   485
Bog'liq
TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

Sezgirlik tahlili (ingl. sensitivity analysis) — loyihaning kritik ko‘rsatkichlarini aniqlash metodikasi. Tahlil davomida birlamchi axborot (investitsiya va ekspluatatsiya xarajatlari, mahsulotlar yoki xizmatlarga belgilangan narxlar) o‘zgarishi munosabati bilan loyiha samaradorligi mezonlari (sof joriy qiymat va (yoki) foydaning ichki me’yori)ni tekshirish ro‘y beradi. Shu taxlit bazaviy holat qo‘lga kiritiladi, keyin esa u bilan qolgan barcha hisob-kitoblarning natijalari taqqoslab ko‘riladi. O`z-o‘zidan ravshanki, loyiha sezgirligi testlari uni tayyorlashning ilk bosqichlarida ancha samarali bo‘ladi, bu narsa esa keyingi investitsiya oldi tadqiqotlari jarayonida aniqlangan risk omillariga asosiy e’tiborni qaratishga imkon beradi.
I bosqich — loyiha jarayonida barcha o‘zgaruvchanlarning ahamiyati, bittasinikidan tashqari, bazaviy bo‘lib qolaveradi, bitta tahlil qilinayotgan o‘zgaruvchan esa qanday qat’iy qayd etilgan ifodaga, masalan, 10 %ga almashtiriladi. Ana shundan keyin joriy qiymat soni qayta hisob-kitob qilinadi va ana shu o‘zgaruvchan o‘zgarishining sezgirlik ko‘rsatkichi asosida loyiha rentabelligiga ta’siri baholanadi, sezgirlik ko‘rsatkichi esa tanlab olingan o‘zgaruvchanning ifodasi 1 %ga o‘zgartirilganda sof joriy qiymatning foizdagi o‘zgarishini o‘zida ifoda etadi.
Sof joriy qiymat nolga tenï bo‘ladigan (ya’ni xarajatlar foydaga tent bo‘lganda) o‘zgaruvchanning ifodasi kritik ifoda yoki zararsizlik nuqtasi deb ataladi.
II bosqich — har bir komponent uchun sezgirlik ko‘rsatkichi va kritik ifoda hisob-kitob qilinadi.
III bosqich — sezgirlik ko‘rsatkichlari asosida sezgirlik qancha yuqori bo‘lsa, sof joriy qiymatning ifodasi uchun Ushbu o‘zgaruvchan muhimroqdir qabilidagi kamayib borish tartibida komponentlarning ketma-ket joylashtirilishi.
Multi va monolotsihalarda odatda ikki-uchta o‘zgaruvchanlar haqida so‘z boradiki, ularning o‘zgartirilishi loyiha samaradorligi ko‘rsatkichlari kattaligiga jiddiy tarzda ta’sir o‘tkazadi.

Download 0,64 Mb.
1   ...   477   478   479   480   481   482   483   484   485




Download 0,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

Download 0,64 Mb.