|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 479/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)LORO HISOB RAQAM - bankning o‘z vakil banklariga ochgan hisobraqami. Unda vakil banklar topshirig‘iga ko‘ra amalga oshiriladigan barcha operatsiyalar aks ettiriladi.
LORO-KONTO (ital.) —1)bank tomonidan korrespondent topshirig‘iga binoan beriluvchi yoki olinuvchi summani qayd qilish uchun ochiladigan korrespondent hisob raqami; 2) korrespondent topshirig‘iga muvofiq olinadigan yoki qo‘llaniladigan mablag‘larni yozib borishlik uchun bank tomonidan ochiladigan korrespondentlik hisob raqami.
LOT – 1) mahsulot partiyasi, bitimlar tuzish paytidagi o‘lchov birligi. Kim oshdi savdolari o‘tkazilishida mahsulotlarning asl holidagi muayyan hajmi; 2) L. (nem.) — shartnoma bo‘yicha yetkazib beriladigan tovar partiyasi, tovar miqdorining qismi. Bunday nomlash auktsion savdoda keng tarqalgan, bunda sotishga taklif etiladigan tovar bir foizdan yo sifati bo‘yicha bir necha bir xil predmetlardan iborat L. bo‘linadi. Auktsionda savdo har bir L. bo‘yicha alohida o‘tkaziladi. Tartib nomeri bo‘lgan har bir auktsion L. ga o‘zining bahosi o‘rnatiladi.
LOTEREYA — guruhli yoki ommaviy o‘yin. Lotereya tashkil qiluvchilar o‘yin jarayonida unda qatnashuvchilar — lotereya biletlarining egalari o‘rtasida yutuq uchun o‘yinni amalga oshiradilar. Lotereya biletlaridan qaysi biriga yutuq chiqishi oldindan ma’lum emas, o‘yinda qatnashuvchi shaxslarning erkiga, xohishiga va harakatlariga bog‘liq bo‘lmaydi. Bu bevosita tasodifiy hodisa bo‘lib, biron-bir shaxs tomonidan maxsus belgilanishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 984-moddasiga binoan, lotereya munosabatlari shartnomaga asoslanadi. Bunday shartnoma lotereya bileti, patta yoki boshqa hujjat berish orqali rasmiylashtiriladi va ishtirokchi lotereya bileti qiymatini to‘lagan yoki o‘yinda ishtirok etishga boshqacha tarzda to‘lagan paytidan boshlab tuzilgan deb hisoblanadi. Shartnomada o‘yinlarni o‘tkazish muddati va yutuqni aniqlash tartibi hamda uning miqdori haqidagi shartlar oldindan belgilangan bo‘lishi lozim. O‘yinlar tashkilotchisi ularni belgilangan muddatda o‘tkazishdan bosh tortgan taqdirda, lotereya egalari yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
|
| |