|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 475/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)LIVR (frans. livre - funt) - 1. IX asrdan boshlab, frank joriy etilgan 1795 - yilga qadar mavjud bo‘lgan Fransiya pul-hisob birligi; 2. vaqtincha chiqarilgan fransuz kumush tangasi.
LIXTER (goll.) — dengizdagi yuklarni ortish va tushirishda yordamchi yuk kemasi sifatida foydalanadigan birja (o‘zi yuradigan yoki o‘zi yurmaydigan mashina).
LIZ-BEK - lizing kompaniyasining asbobuskunalarni boshqa mamlakatdagi ishlab chiqaruvchi firmadan naqd pulga sotib olib, keyinchalik o‘sha firmaga ijaraga berishi.
LIZING – 1) asosiy fondlarni uzoq muddatga ijaraga olish. Yangiliklarni, ishlab chiarish va sotishni moliya bilan ta’minlash usuli. L. sanoat korxonalariga bir yo‘la katta miqdorda pul sarf qilmasdan kerakli mahsulotlarni olish imkonini beradi. L. ikki ko‘rinishda: moliyaviy va tezkor bo‘ladi. Moliyaviy L. ijaraga olingan fondning to‘la qiymatini va ijarachi foydasini qoplashni ko‘zda tutadi. Tezkor L. amortizatsiya davridan qisqa muddatga tuzilgan kelishuv; 2) L. moliyaviy ijaraning alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing ob’ektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda a evaziga egalik qilish va foydalanish uchun o‘n ikki oydan ortiq muddatga beradi. Bunda lizing shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak: lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing ob’ekti lizing oluvchining mulki bo‘lib o‘tsa; lizing shartnomasining muddati lizing ob`ekti xizmat muddatining 80 foizidan ortiq bo‘lsa yoki lizing ob’ektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi oldi qiymati uning boshlang‘ich qiymatining yigirma foizidan kam bo‘lsa; lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing ob`ektini uning bozor qiymatidan past narxda to‘lab sotib olish huquqiga ega bo‘lsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing ob`ekti qiymati asos bo‘ladi; lizing shartnomasi davri uchun lizing to‘lovlarining joriy diskontlangan (hisobga olingan) qiymati lizing obyektining lizingga topshirish paytidagi joriy qiymatining 90 foizidan ortiq bo‘lsa, joriy diskontlangan (hisobga olingan) qiymat buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Lizing uch taraflama (sotuvchi-lizing beruvchi-lizing oluvchi lizing) yoki ikki taraflama (beruvchi-lizing oluvchi lizing) lizing shartnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Lizing beruvchi va sotuvchi o‘rtasida ikki taraflama lizing shartnomasi tuzilayotganida qo‘shimcha ravishda lizing ob`ektining oldi-sotdi shartnomasi tuziladi.
Lizing uning uchta sub`ekti ishtirok etadigan to‘g‘ridan-tog‘’ri shaklda ham, lizing oluvchi va sotuvchi bo‘lib bir shaxsning o‘zi ishtirok etadigan qaytariladigan shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.
Lizing oluvchi lizing beruvchi oldida lizing shartnomasi yuzasidan javobgar bo‘lib olgan holda, lizing shartnomasi bo‘yicha qolgan lizing ob`ektini lizing beruvchining yozma roziligi bilan vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun uchinchi shaxsga qo‘simcha lizing topshirishga haqli. Bunda ushbu qonunning qoidalari qo‘shimcha lizing shartnomasida qo‘simcha lizing beruvchiga, qo‘simcha lizing oluvchiga va sotuvchiga nisbatan muvofiq ravishda lizing beruvchiga, lizing oluvchiga va sotuvchiga bo‘lganidek qo‘llaniladi. Qo‘shimcha lizing shartnomasining amal qilish muddati lizing shartnomasining amal qilish muddatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas; 3) moliya-kredit munosabatlarining shakllaridan biri bo‘lib, korxonalar tomonidan mashina, asbob-uskuna va shunga o‘xshashlarni uzoq muddatli ijaraga olinishini anglatadi. Lizingda uning ob’ektlari odatda (lekin majburiy tartibda emas) ijaraga beruvchi korxonaning balansidan ijaraga oluvchi korxonaning balansiga pirovardida o‘tkaziladi. Bu tartibdagi bitimlar ijarachi korxona uchun foydali hisoblanib, ular moliyaviy zarar ko‘rmaydilar va odatda, soliq va amortizatsiya imtiyozlariga ega bo‘ladilar; 4) L. — ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasi vositachiligida asosiy fondlarga kapital mablag‘ni moliyalashtirishning maxsus shakli, bu uchinchi shaxs uchun ma’lum tovarga mulk huquqi sotib oladi va qisqa, o‘rta, uzoq davrga unga ijaraga beradi. Yevropa Federatsiyasi milliy lizing assotsiatsiyalarining aniqlashiga ko‘ra, L. deb asosiy ishlab chiqarish vositalarini (mashinalar, uskunalar, zavodlar, transport va aloqa vositalari, ombor binolari va h.k.) hamda boshqa tovarlarni ijarador tomonidan ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanish uchun ijaraga berish tushuniladi. Ayni paytda, ijaraga beruvchi bitimning oxiriga qadar mulkiy huquqni saqlab qoladi. L. ning asosiy ikki turi — operativ va moliyaviy turlari farq qiladi. Operativ L. ijara vaqtida buyumlar kontrakt muddati hayotiy siklining eng qisqaligi va uskunalarning to‘liq bo‘lmagan amortizatsiyasi bilan xarakterlanadi. Operatsiyaning bu turi uskuna ishlab chiqaruvchilari, savdo kompaniyalari yoki ularning lizing kompaniyalari tomonidan tavsiya etiladi. Moliyaviy L. mohiyatiga ko‘ra sotib olishning uzoq muddatli kreditlash bilan barobardir, u odatdagi oldi-sotdi bitimidan bitim ob’ektining iste’molchiga o‘tish daqiqasi bilan farq qiladi. Kontraktning amal qilish muddati tugashi bilan ijarador ijara ob’ektini ijaraga beruvchiga qaytarishi, yoxud bitimni cho‘zish yoki L. ob’ektini qoldiq qiymat bo‘yicha sotib olishi mumkin. L. bitim tuzishning aniq shart-sharoitlariga bog‘liq holda ko‘plab har xil ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Ulardan eng ko‘p tarqalganlari guruhiy L. va qaytadigan L; 5) L. – kreditning pulsiz shakli bo‘lib, odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq to‘lab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli berishdan iborat.
|
| |