• LITSENZION SAVDO
  • LITSENZION TO‘LOV
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet472/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   468   469   470   471   472   473   474   475   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    LITSENZION BITIM — shartnoma hisoblanib, unga muvofiq ixtiro va texnolog bilimlar, ishlab chiqarish tajribasi va sirlari egasi o‘z kontragentiga ma’lum doirada patentlar, nouxau, tovar belgilari va h.k.ga o‘z huquqlaridan foydalanish uchun litsenziyani beradi. L.b.da litsenziya turi (patentli, patentsiz), texnologiyadan foydalanishga huquqlarning xarakteri va hajmi (oddiy, maxsus, to‘liq litsenziya) aniqlanadi. Bunday bitimda ishlab chiqarish sohasi va litsenziyadan foydalanish hududiy chegara ham aniqlanadi. L.b. bir necha patentlarni va ular bilan bog‘liq bo‘lgan nou-xauni kompleks berishni ko‘zda tutishi mumkin.
    LITSENZION MUKOFOT — litsenzion bitim predmeti hisoblangan litsenziyalardan, nou-xau va h.k. foydalanishga huquq berganlik uchun badal olish.
    LITSENZION OPERATSIYALAR — shartnomaning bir tomoni (litsenziar) shartnomaning ikkinchi tomoniga (litsenziatga) ma’lum mukofot uchun ixtirolardan foydalanish huquqini bildiruvchi operatsiyalar. Ixtiro deb mamlakatda o‘rnatilgan tartibda ixtirochi deb tan olingan va unga patent yoki mualliflik guvohnomasi bo‘lgan texnik yechimga aytiladi.
    LITSENZION SAVDO — 1) texnologiya bilan xalqaro savdo qilishning asosiy shakli. Uning predmeti ixtirolarni, texnologik tajribani, sanoat sirlarini va tijorat bilimlarini berishga, tovar belgilaridan foydalanishga va h.k. patentli va patentsiz litsenziyalar; 2) L.s. xalqaro savdoda intellektual mulkni, texnologiyani, ixtiro va patentlarni oldi-sotdi qilishning asosiy ko‘rinishi.
    LITSENZION TIZIM — tashqi savdo operatsiyasini tartibga solishning eng muhim vositalaridan biri. Rasmiy muassasalar tomonidan manfaatdor firmalar (shaxslar) taklifi bo‘yicha tovarlarni olib kelish va chiqarishga rasmiylashgan ruxsatnomalar berishni ko‘zda tutadi.
    LITSENZION TO‘LOV — 1) litsenziat tomonidan shartnoma predmetidan foydalanganligi evaziga litsenziarlarga to‘lanadigan to‘lov; 2) Litsenzion to‘lovlar— sotuvchini (litsenziarni) sotib oluvchiga (litsenziatga) litsenzion bitim predmetidan foydalanishga huquq berganligi uchun mukofot.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   468   469   470   471   472   473   474   475   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.