|
LITSENZIYA TALABLARI VA SHARTLARI —
|
bet | 474/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)LITSENZIYA TALABLARI VA SHARTLARI — faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirayotganda litsenziat tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan, qonun hujjatlarida belgilangan talablar va shartlarning majmui.
LITSENZIYA DA’VOGARI — litsenziyalovchi organga faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
LITSENZIYA SHARTNOMASI — faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziatning litsenziya olishi va undan foydalanishi borasidagi litsenziyalovchi organ bilan litsenziya da’vogari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solib turadigan va ular o‘rtasida tuziladigan shartnoma; 2) L.sh. xalqaro savdo bitimi bo‘lib, unga muvofiq kashfiyot egasi texnologiyaga bo‘lgan egalik huquqini xaridorga muayyan chegara va shartlarda foydalanish uchun beradi.
LITSENZIYALAR FOYDADA QATNASHISH - litsenziya predmetidan foydalanish evaziga olingan litsenziat foydasining bir qismini litsenziarga ajratish.
LITSENZIYALASH (lot.) — 1)maxsus ruxsat berish yo‘li bilan mamlakatga keltirilayotgan va chiqayotgan tovarlar ustidan davlat nazorati; 2) L. — litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani topshirish va ko‘rib chiqish, litsenziyani qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish jarayoni bilan bog‘liq tadbirlar kompleksi; 2) L. — davlat mutasaddi organlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatga ruxsat berish orqali eksport yoki import qilinayotgan tovarlarni muayyan vaqt mobaynida ma’lum miqdorda eksport yoki import qilishga ruxsat berish.
LITSENZIYALOVCHI ORGANLAR — qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalashni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organlar.
LITSEVOY HISOBLAR — barcha pul kredit va banklarning o‘z mijozlari bilan hisobkitob munosabatlarini ifodalovchi sifatida chiqadigan bank hujjatlari.
LITSEVOY QIYMAT — uning old (o‘ng) tomonida ko‘rsatilgan qimmatbaho qog‘oz qiymati. Odatda qoplash paytida egasiga to‘lanadi va bozor bahosi indikatori hisoblanmaydi.
|
| |