• LOGOTIP (grek.)
  • LOKAL ME’YORLAR
  • LOKAL TARMOQ; MAHALLIY TARMOQ; LAN
  • LOKAUT (ing.)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet477/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   473   474   475   476   477   478   479   480   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    LOFFER EGRI CHIZIG‘I - davlat budjeti daromadlari va soliq stavkasi o‘rtasidagi bog‘lanishning chizma ifodasi.
    LOGISTIKA — iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasida tovarlar, xizmatlar va axborotlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat turi. Alohida korxona doirasida L.ga korxona ichidagi barcha tovarlar, xizmatlar yoki axborotlar hamda korxonaga yo‘naltirilgan va uni tark etuvchi ushbu potoklarning o‘zi kiradi. Logistik funksiyalar buyurtmalarni ishlash, material potoklarni tashkil etish, komplektatsiya, joylash, transportirovka, mahsulotni omborga joylashtirish va h.k. larni o‘z ichiga oladi.
    LOGOTIP (grek.) — firmaning (yoki ushbu firma tovarlar guruhining) maxsus ishlab chiqilgan, original yozilgan to‘liq yoki qisqargan nomi.
    LOGROLLING — qonun organlari a’zolari o‘rtasida amal qiluvchi “ovoz berish bilan savdo qilish” amaliyoti.
    LOKAL ME’YORLAR – mahalliy hususiyatga ega bo‘lgan me’yoriy hujjatlar bank va moliya sohasida banklarning o‘zlari tomonidan ishlab chiqariladigan hamda qabul qilinadigan va ushbu bankning o‘zidagina qo‘llanishi lozim bo‘lgan hujjatlar. Masalan, ichki tartib qoidalari, ichki yo‘riqnomalar, jamoa shartnomalari va boshqalar.
    LOKAL TARMOQ; MAHALLIY TARMOQ; LAN — kompyuterlar va boshqa asbobuskunalarni yagona operatsion tarmoqqa birlashtirish tizimini anglatuvchi abbreviatura (LAN). Dasturiy ta’minot va apparatsimon jihozlar, ko‘plab yordamchi qo‘shilmalar, shu jumladan, sun’iy yo‘ldosh asbob-uskunalari va telefon liniyalari yordamida amalga oshiriladi. Mahalliy tarmoq bitta ofis, universitet binosi, hududini yoki yer sharining boshqa bir burchagidagi ofisni qamrashi ham mumkin. Reklama beruvchilar, ularning agentlari, mahsulot yetkazib beruvchilar va noshirlar, masalan, lokal tarmoq bilan bog‘lanishi mumkinki, bu esa fotografiyalar, grafik tasvirlar, matnlar va ma’lumotlar uzatishning bag‘oyat yuksak samarali metodi hisoblanadi.
    LOKAUT (ing.) — kasaba uyushmasining tashkil etilishiga to‘siq bo‘lish va kasaba uyushmasining o‘z talablarini yumshatishga majbur etish maqsadida korxonaning vaqtinchalik yopilishi va tadbirkor tomonidan ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘yilishi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   473   474   475   476   477   478   479   480   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.