• LIMIT BUYRUQ
  • Butunlay yoki hech qachon”
  • Ochilish vaqtida” (yoki “yopilish vaqtida”)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet468/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   464   465   466   467   468   469   470   471   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    LIMIT (lot.) – 1) xo‘jalik faoliyati turli jihatlari miqdorining cheklanishi, faoliyat doirasi, chegarasining belgilanishi. L. davlat yoki yirik birlashma tomonidan o‘z korxonasi uchun o‘rnatiladi; 2) kredit summasi chegarasi.
    LIMIT BAHOLAR (lot.) — foyda effektini hisobga olgan holda uning ishlanish bosqichlari bo‘yicha aniqlanadigan yangi mashinasozlik mahsulotiga yo‘l qo‘yiladigan chegara baholar.
    LIMIT BUYRUQ — bozor ko‘rsatmasiga zid bo‘lgan “eng yaxshi narx bo‘yicha bitimni amalga oshirish topshirig‘ini bildiruvchi” buyruq bunda mijoz yo bahoga, yo bitimni bajarish vaqtiga, yoxud u yoki bunisiga limit o‘rnatadi; 2) L.b. – bu qimmatbaho qog‘ozlar maxsus kelishilgan narxda yoki eng foydali shartlarda xarid qilish yoki sotish uchun buyruq, ya’ni ushbu buyruqda sotishning eng kam narxi yoki xarid qilishning eng yuqori narxi kelishiladi. Agar limitga erishilmasa broker tomonidan buyruq bajarilmasligi kerak. Sotish uchun berilgan limitli buyruqda kelishilgan narx doimo joriy sotish narxidan yuqori bo‘ladi (aksincha, xarid qilish uchun berilgan limitli buyruqda bu narx doimo joriy sotish narxidan past bo‘ladi). Masalan, mijoz brokerga “Surxon go‘sht” aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining har biri 100,5 so‘mda sotilayotgan vaqtda ularni 100 so‘mdan sotib olish uchun buyruq beradi. Agar narxlar 100 so‘mgacha va undan pastga tushsa, broker buyruqni amalga oshiradi. Agar narxlar ushbu darajagacha yetmasa, (masalan, faqat 100,1 so‘mgacha tushsa), broker hech qanaqa harakatni amalga oshirishi mumkin emas. Limitli buyruqning qisman bajarilishiga ham yo‘l qo‘yiladi, ya’ni agar mijoz tomonidan 500 ta aksiyani ularning har birini 100 so‘mdan sotish uchun buyruq berilsa, biron xaridor faqat 200 ta aksiyaga topilsa, broker 200 ta aksiyani sotadi.
    Stop – buyruq (buferli buyruq) – brokerga qimmatbaho qog‘oz narxlar buyruqda aytilgan darajaga yetgan vaqtda xarid qilish yoki sotish uchun buyruq. Bu shuni anglatadiki “bufer narxi”ga erishish bilanoq buyruq avtomatik tarzda bozor buyrug‘iga aylanadi. Masalan mijoz o‘z brokeriga muayyan aksiyadorlik jamiyatining 200 ta aksiyasini sotib olish uchun bufer narxini 800 so‘m qilib belgilangan holda buyruq beradi. Narxlar 800 so‘mga yetgandan so‘ng, sotuv uchun keyingi taklif bo‘yicha bitim amalga oshiriladi, ushbu taklif bo‘yicha narx 800 so‘mdan yuqori yoki past bo‘lishi mumkin. Bufer limitli buyruq brokerga qimmatbaho qog‘oz narxlar buyruqda aytilgan darajaga yetgan vaqtda xarid qilish yoki sotish uchun buyruq. Ya’ni “bufer narxi”ga erishish bilanoq buyruq avtomatik tarzda (bozor buyrug‘iga emas) limitli buyrug‘ga aylanadi. Masalan, 100 ta 500 dan “Surxon” AJ 480,5 so‘mdan bufer narxiga erishilganda “Surxon”ning 100 ta aksiyasi sotiladi, lekin bir aksiyaning narxi 480,5 so‘mdan kam bo‘lmasligi kerak. Aks holda buyruq bajarilishi mumkin emas. Buyruqlarga bir qancha qo‘shimchalar ham berilishi mumkin:
    Butunlay yoki hech qachon” – bu buyruq zudlik bilan to‘liqligicha bajarilishini yoki bekor qilinishini anglatadi.
    Ijro etilsin yoki bekor qilinsin” – bu shuni anglatadiki, bunday gap kiritilganda buyruq bajarilishi, ijro etilmagan qismi esa bekor qilinishi mumkin.
    Ochilish vaqtida” (yoki “yopilish vaqtida”) – bu buyruq birja ochilganidan keyin (yoki yopilishi oldidan) birinchilar qatorida ijro etilishi lozimligini bildiradi.
    Narx pasaytirilmasin” (yoki “narx ko‘tarilmasin”) bu qimmatli qog‘ozlar maydalangan hollarda yoki boshqa kutilmagan vaziyatlar sodir bo‘lganda buyruqda ko‘rsatilgan narx hech qachon tuzatilishi mumkin emasligini anglatadi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   464   465   466   467   468   469   470   471   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.