• LIKVID VOSITALARI
  • LIKVIDLIK (fr.)
  • LIFO – 1) tovar-moddiy boyliklarni eng so‘nggi tayyorlangan turkumi baholari asosida hisobga olib boorish usuli. L




    Download 0,64 Mb.
    bet466/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   462   463   464   465   466   467   468   469   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    LIFO – 1) tovar-moddiy boyliklarni eng so‘nggi tayyorlangan turkumi baholari asosida hisobga olib boorish usuli. L.ning qo‘llanilishi e’lon qilinadigan balansga qo‘shiladigan soliq to‘lashni kamaytirishga imkon beradigan foyda summasini ko‘paytirish yoki kamaytirish imkonini beradi. 2) Qo‘yilgan omonatning bir qismini muddatdan avval qaytarib olinganida omonatchiga ko‘proq foiz imkonini beradigan foizni hisoblash usuli; 3) L. oxirida tushgan yoki tayyorlangan partiya bahosi bo‘yicha tovarmaterial qiymatliklarining buxgalteriya hisobi metodi. L. qo‘llash soliq olishni kamaytirish maqsadlarida e’lon qilingan balanslarga kiritiladigan foyda summasini kamaytirish yoki ko‘paytirish imkonini beradi; 4) foiz summalarda omonatchiga yutuqni ta’minlovchi bankdan muddatidan oldin hissa qismini olishda foizlarni hisoblash metodi. Omonatchilarni mukofotlash uchun qo‘llaniladi.
    LIKVID VOSITALARI — oson sotiladigan, tez o‘tadigan qiymatlar (veksel, chek, qimmatli qog‘ozlar va hokazo).
    LIKVIDANT (fr.) savdogar yoki korxonaga to‘xtatiladigan ish uchun o‘z talabini qo‘yuvchi kreditor.
    LIKVIDAT (fr.) ishi to‘xtatilishi munosabati bilan qarzi undiriladigan qarzdor.
    LIKVIDATSIYA (fr.) 1) qimmatbaho qog‘ozlar yoki boshqa mulkni naqdga aylantirish jarayoni; 2) mablag‘larni sotish va qarzni to‘lagandan keyin kompaniyani tugatish, qolgan naqd mablag‘larni aksioner o‘rtasida taqsimlash.
    LIKVIDLIK (fr.) 1) bu qimmatli qog‘ozlarning bozor narxi kamroq o‘zgarib turishi hamda sotish uchun unchalik ko‘p bo‘lmagan xarajatlar bilan, shuningdek, o‘z egasi uchun deyarli zararsiz holda tezda sotilishi va pul mablag‘lariga (naqd va naqdsiz shaklda) aylanish qudratidir.
    Likvidlikka juda ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ularni asosan uch guruhga ajratish mumkin:
    Birinchidan, umumiqtisodiy omillar (pul muomalasi, iqtisodiyot davrning u yoki bu bosqichida bo‘lishi, sarmoyadorlar tomonidan to‘lovga qodir talabning mavjudligi, bank hisobkitobini amalga oshirish tezligi darajasi va h.k.).
    Ikkinchidan, mazkur mamlakatda qimmatli qog‘ozlar bozorini tashkil qilish darajasi bilan bog‘liq omillar (fond bozorini tashkil etish, sarmoyadorning axborotga ega bo‘lish darajasi, market-maykerlar muassasalarining mavjudligi va h.k.).
    Uchinchidan, emitentning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan omillar (uning moliyaviy ahvoli, to‘lanadigan daromadning miqdori va boshqalar); 2) kredit moliya majburiyatlarini va qonuniy pul talablarini muddatida uzluksiz to‘lash imkoniyatini ko‘zda tutuvchi korxonalar, firmalar, banklar aktivlarining serharakatligi. Banklar, firmalar L. farq qiladi. Bank L. — bu majburiyatlarni o‘z vaqtida qoplashni ta’minlash qobiliyati, ya’ni hajmlari va muddatlari bo‘yicha bank aktivlari va passivlarining mos kelishi darajasi. Bank balansi aktivlari va passivlarining balansligi, aktivlarni joylashtirish muddatlari va bank tomonidan jalb etilgan passivlarning mos kelish darajasi bilan aniqlanadi. L. oshishi likvidlik aktivlari xissasining ko‘payishi munosabati bilan bank muassasasi foydaliligining kamayishini ko‘zda tutadi. Likvidlik aktivlari deb yengil realizatsiya qilinadigan mablag‘lar, qisqa muddatli davlat qog‘ozlari, joriy schotlar, naqdlik va h.k. tushuniladi. Firma L. deb uning qarzlari miqdori va likvidlik mablag‘lari nisbatiga aytiladi, ya’ni qarzlarni qoplash uchun foydalanadigan mablag‘lar: naqdlik bankdagi depozitlar, davlat qimmatbaho qog‘ozlari, aylanma kapitali realizatsiya qilinadigan qismlari va h.k.; 3) L. — har qanday aktivning pulga oson aylanishidir.
    LIKVID AKTIVLAR — naqd pullar, oltin schotlardagi yuklab olinadigan qoldiq mablag‘lar, bir kalendar oy muddatigacha bo‘lgan depozitlar, xususiy va davlat qimmatbaho qog‘ozlari, tijorat veksellari va boshqa yengil realizatsiya qilinadigan bank mablag‘lari.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   462   463   464   465   466   467   468   469   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    LIFO – 1) tovar-moddiy boyliklarni eng so‘nggi tayyorlangan turkumi baholari asosida hisobga olib boorish usuli. L

    Download 0,64 Mb.