|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 463/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)LASPEYRES KO‘RSATKICHI – mahsulotlarning belgilangan to‘plami narxlari asosida hisoblab chiqilgan narx-navo darajasi ko‘rsatkichi.
LAT - Latviya pul birligi.
LATERAL MARKETING (ingl. Lateral marketing) — segmentlashtirish va pozitsiyalashtirish nazariyasiga asoslangan vertikal marketingga qarama-qarshi bo‘lgan marketingga noandozaviy yondoshuv. Lateral marketing “ma’lum bir bozor ichida” emas, balki uning sarhadidan tashqarida yangi tovarlar va yangi g‘oyalar ishlab chiqish texnologiyasidir.
LATIFUNDIYA (lot.) — yirik yerga egalik qilish. Birinchi marta eramizdan oldingi II asrda Qadimgi Rimda vujudga kelgan. Hozirgi vaqtda faqat Ispaniya, Turkiya, Hindiston mamlakatlarida, ko‘plab Afrika va Lotin Amerikasi davlatlarida rivojlangan.
LEGALIZATSIYA - 1) qonuniylashtirish, tashkilotning faoliyat ko‘rsatishiga ruxsat berish; 2) boshqa mamlakatda tasdiqlovchi ustxat shaklida berilgan hujjatning haqiqiyligini va huquqiy kuchini tasdiqdash.
LEGAT - merosning bir qismini muayyan shaxsga o‘tkazish haqida merosxo‘rga topshiriq berish.
LEGENDA - tangadagi yozuv.
LEGITIMATSIYA - qonuniylashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va vakolatlarini tan olish yoki tasdiqlash.
LEK - Albaniya pul birligi, 1947 yilda muomalaga kiritilgan.
LEKAJ (nem.) — tara yoki transport vositalaridan to‘kilishi natijasida tovar og‘irligi yoki hajmidagi talafot.
LEMPIRA — Gondurasda muomalada bo‘lgan pul birligi nomi; 1 lempira = 100 sentivaga teng.
LEND-LIZ - ittifoqchi mamlakatlarga qurol-yarog‘, o‘q-dori, oziq-ovqat, mahsulot va xizmatlarni qarzga yoki ijaraga berish.
LENDLORD — Angliya (Buyuk Britaniyaning bir qismi)da yirik yer egasi.
LENDING (ing.) — portda kemaning yukini tushirish qiymati.
LEONTEV PARADOKSI - Xeksher Olinning ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasining amaliyotda o‘z tasdig‘ini topmaganligini isbotlagan empirik sinov natijasi: mehnat resurslariga boy mamlakatlar kapital sig‘imkorligi yuqori mahsulotlarni eksport qiladi, kapital resurslariga boy mamlakatlar esa mehnat sig‘imkorligi yuqori mahsulotlarni eksport qiladi.
|
| |