• M.Firdmen va E.Xerberger
  • LIDZ END LEGZ” (inglizcha – leds and leads)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet465/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   461   462   463   464   465   466   467   468   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    LIBERALIZATSIYA (lot.) — bozor omillari ta’siri ostida baholarning erkin harakatga o‘tishi; baholari erkin bozorda yuzaga keladigan tovarlar ro‘yxatini kengaytirish jarayoni. Ya’ni bu baholar davlat tomonidan tartibga solinmaydi. Baholarning to‘liq yoki qisman L. bo‘lishi mumkin. Baholar L. dagi bosh masala ularni oshirish emas, balki ishlab chiqarishni rivojlantirishning iqtisodiy stimulini yaratish, ushbu natijaga erishish orqali iste’mol bozorida balanslashuvga erishish, iqtisodiy holatni barqarorlashtirish va iqtisodiyotni krizis holatidan chiqarishdan iboratdir. Baho siyosati daromadlar, soliq tizimi, xususiylashtirish va ishlab chiqarishni demonopolizatsiyalash sohasidagi siyosat bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi kerak.
    LIBERTARIZM — shaxsiy erkinlik falsafasiga asoslangan va o‘zi haqida “hozirgi zamonning birdan-bir chinakam liberalizmi” deya bayonot bergan g‘oyaviy-siyosiy oqim. Libertarizm izdoshlari huquqiy radikallar sanaladi hamda erkin bozor munosabatlari va jamiyat hayotining barcha sohalarida cheklanmagan raqobat bo‘lishini yoqlaydilar. Libertarizm tarafdorlari ideali — erkin tadbirkorlikning bozor stixiyasidir (erkin bozor — erkinlikning moddiy jihatdan gavdalanishidir). Boshqa bir tomondan esa, libertarizm demokratiyada asosiy inflyatsion omilni ko‘rgan va “ijtimoiy ishtaha”ni jilovlash uchun kuchli avtoritar hokimiyatni talab qilgan holda demokratiyani ochiqdan-ochiq tanqid qiladi. General Pinochet tomonidan Chilida amalga oshirilgan denatsionalizatsiya dasturi libertarizm pozitsiyasidan ish ko‘radigan amerikalik iqtisodchilar M.Firdmen va E.Xerberger tomonidan ishlab chiqilgan edi (ikkalasi ham iqtisodiyot sohasida xalqaro Nobel mukofoti laureati).
    LIBOR (ing.) — 1) Londondagi banklarning birinchi klassli banklarga yevrovalutalarda ularda o‘z depozitlarini joylashtirish yo‘li bilan ssuda berish bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi; 2) L. — Londondagi jahon ssuda kapitallari bozorida yetakchi erkin almashinadigan valutalar, AQSh dollari, Germaniya markasi, Yaponiya iyenasi, Buyuk Britaniya funt sterlingi kabi valutalardagi depozitlarga to‘lanadigan foiz stavkasidir.
    LIDZ END LEGZ” (inglizcha – leds and leads) – 1) moliyaviy va boshqa shaklda foyda olish maqsadida hisob-kitob qilish muddatlarini boshqarish, pul to‘lashni tezlatish yoki cho‘zish. “Lidz end legz” mamlakat ichkarisida ham qo‘llaniladi; 2) ma’lum moliyaviy va boshqa foyda olish maqsadida hisob-kitob o‘tkazish muddatlarini manipulyatsiya qilish taktikasi. Valuta kursi ayniqsa devalvatsiya va revalvatsiyada keskin o‘zgarishlarda, foiz stavkalarining ko‘plab tebranishlarida, tomonlar valuta pozitsiyalari betayinligining kuchayishi, valuta cheklanishlaridan foydalanish imkoniyati, fiskal tartiboti holatlarida keng qo‘llaniladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   461   462   463   464   465   466   467   468   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.