|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 462/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)KO‘RSATKICHLI FYUCHERSLAR - birja ko‘rsatkichlari asosidagi shartnomalar bilan tuzilgan muddatli bitimlar.
KO‘RSATMA - idoralarda uslubiy turdagi masalalar, shuningdek buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat.
KO‘CHMAS MULK — 1) yer bilan mustahkam bogliq bo‘lgan yer maydonlari, alohida bo‘lgan suv ob`ektlari, o‘rmonlar, ko‘p yillik o‘simliklar, binolar, inshootlardan iborat. Ularning ko‘chirilishi shu narsalarning mo‘ljallanganligiga zarar yetkazadi. Ko‘chmas mulkning tarkibiga davlat qaydidan o‘tgan havo va dengiz kemalari, kosmik ob’ektlar ham kiradi. Ko‘chmas mulkning asosiy belgisi sifatida yer hisobga olinadi. Qonun bo‘yicha ko‘chmas mulkning tarkibiga boshqa mulklar, masalan, korxona yoki xonadonlar ham kiritilishi mumkin; 2) K.m. yer va boshqa yer bilan bog‘liq va unga mustaxkam bog‘langan mol-mulk (bino, inshoot va boshqa)lar; 3) K.m.— kishilarning o‘zlari yashashi, ijaraga berishi, farzandlarining kelajagini ta’minlashlari va investitsiyalash uchun zarur bo‘lgan mulk.
L
LABAKI PULI — Buxoro amirligida XIX asr – XX asr boshida ushbu soliq turi ariq qazish uchun olingan.
LAFFER EGRI CHIZIG‘I – davlat budjeti daromadlari va soliq stavkasi o‘rtasidagi bog‘liqlikning tasvirlanishi.
LAG (gol., ing.) — kapital mablag‘lar absolyut iqtisodiy hisob-kitoblarida hisobga olinadigan kapital solishni amalga oshirish va samarani olish o‘rtasidagi uzilish. Qurilish L. va o‘zlashtirish L. farq qiladi.
LAJ (ital.) — pulda ifodalangan oltin bozor bahosining ulardagi oltin nominaliga nisbatan oshish tomoniga o‘zgarishi; pul belgilari, veksellar va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar bozor kursining ularning ustiga yozib qo‘yilgan qiymatiga nisbatan oshish tomoniga o‘zgarishi.
LAK — pul birligi o‘lchovi. Bir lak yuz mingga teng.
LARI — Gruziya Respublikasi pul birligining nomi.
|
| |