|
LIKVID AKTIVLARNI DIVERSIFIKATSIYA QILISH -
|
bet | 467/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)LIKVID AKTIVLARNI DIVERSIFIKATSIYA QILISH - sarflangan mablag‘lar tavakkalchiligini eng kam darajaga yetkazish maqsadida tijorat banklari mablag‘larining bir joyda to‘planishining oldini olishga qaratilgan kredit siyosati qoidalaridan biri.
LIKVIDLIK FONDI – korxonalar, firmalar va banklar aktivlarining moliya-kredit majburiyatlarini va qonuniy pul talabnomalarini o‘z muddatida uzluksiz to‘lash layoqatini ta’minlash fondi.
LIKVIDLIK RISKI — ma’lum vaqtda kutilgan narxda aktivlarni sotish yoki sotib olishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar.
LIKVIDLIK RISKLARI - qimmatli qogozlar yoki boshqa tovarlar sifatini va iste’mol qiymatini baholashning o‘zgarishidan ularni sotishdagi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar bilan bog‘liq bo‘ladi.
LIKVIDNAYA LOVUSHKA — pul bozoridagi shart-sharoitlar bo‘lib, bunda foiz normasi pul taklifidagi o‘zgarishlarga juda ham kam darajada ta’sir ko‘rsatadi (ayniqsa, past foiz normasida).
LIKVIDATSION DAVR — bitimlar yopiladigan davr, hisob-kitob kunlari oyning o‘rtasidagi to‘rt kun va oyning oxiridagi to‘rt kun, ushbu kunlar davomida birjada tuzilgan bitimlar bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
LIKVID MABLAG‘LARI (lot.) — qarz majburiyatlarini bajarish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari va boshqa aktivlar. Aloqadorligiga bog‘liq holda banklar L.m.dan farq qiladi. U yoki bu aktivlarni L.m. o‘tkazish ko‘p tomondan ssuda kapitallari bozori kon’yunkturasi va holati bilan aniqlanadi. Firmalarning L.m. ga naqd pul mablag‘lari, bank hisoblaridagi resurslar, qimmatbaho qog‘ozlar va aylanma kapitalining yengil realizatsiya qilinadigan qismlari kiradi.
LIKVID BOZOR - bitimlar tuzish muomalasi amalga oshiriladigan bozor.
LIKVID QARZDORLIK - talafot va xarajatlarsiz naqd pul mablag‘lariga oson aylantiriladigan qarzdorlik.
LIKVID MABLAG‘LAR - qarz majburiyatlarini qoplashda foydalanish mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari va boshqa aktivlar.
|
| |