|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 483/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)Ssenariylar tahlili (scenario analysis) — loyiha risklari tahlilini o‘tkazish metodikasi bo‘lib, unga ko‘ra bazaviy ssenariy bilan eng a’lo va eng yomon vaziyatlarning sof joriy qiymati ifodasi solishtiriladi.
Ssenariylar tahlili ayrim o‘zgaruvchanlar o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lishini inobatga oladi. Shu taxlit, o‘zaruvchanlarning ba’-zi sonlarini bir vaqtning o‘zida o‘zaro kelishib almashtirish mumkin bo‘ladi.
Sezgirlik tahlili asosida eng muhim komponentlar allaqachon tanlab olingan bo‘ladiki, ularning ifodasi o‘zgartirilishi loyihani amalga oshirish riskini belgilab beradi. Boshqa bir tomondan esa, avvalgi tahlillarda foydalanilgan va bunda bo‘lg‘usi loyihaga nisbatan analitikning munosabati tariqasida ko‘rib chiqiladigan bazaviy holat mavjud bo‘ladi. Senariylar tahlilida ikkita qo‘shimcha ssenariy ishlabchiqiladi. “Eng yaxshi” yoki “optimistik” ssenariy analitikning, basharti, agar barcha vaziyatlar rejalashtirilganiga qaraganda yaxshiroq va qulayroq bo‘lganida loyiha o‘zini qanchalik yaxshi tutishi to‘g‘risidagi mulohazalarini taqdim etadi.
Shundan keyin esa, mabodo, agar hammahammasi rejalashtirilganigaqaraganda ancha yomon kechsa, loyiha qanchalik yomon bo‘lib chiqishini aksettiruvchi “eng yomon” yoki “pessimistik” ssenariy ishlab chiqiladi. Bunda ham, birinchi ssenariyda ham voqealarning realistik jamlamasi ishtirok etishi lozim.
Ssenariylar tahlili natijalari matritsaga jamlanadi va sof joriy qiymat va foydaning ichki me’yorlari ifodalarining taqsimlanishi ko‘rib chiqiladi. Ishonarli natijalar bo‘lganida investitsiyalash to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish mezonlari mana bundoq bo‘ladi: hatto eng yomon holda ham, basharti, agar sof joriy qiymat noldan ko‘proq bo‘lganida ham loyihani qabul qilish; hatto eng a’lo holda ham, mabodo agar sof joriy qiymat noldan kam bo‘lsa, loyihani qabul qilmaslik; agar sof joriy qiymati ifodasi tebranib tursa (ba’zida ijobiy, gohida salbiy), unda natijalarni to‘liq deb hisoblash mumkin emas. Ayrim hollarda esa ikkita ekstremal ifodalar o‘rtasidagi nuqtani ko‘rsatish uchun qo‘shimcha ssenariylar kiritilishi talab etiladi.
Loyiha, basharti, agar barcha ssenariylarda samarali va moliyaviy jihatdan ro‘yobga chiqariladigan bo‘lsa, ehtimol tutiluvchi noqulay oqibatlar loyihaning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmida nazarda tutilgan chora-tadbirlar bilan bartaraf etilsa, barqaror loyiha deb hisoblanadi.
|
| |