|
KROSSKULTURAL XUSUSIYATLAR TAHLILI
|
bet | 455/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)KROSSKULTURAL XUSUSIYATLAR TAHLILI (ingl. Crosscultural analysis) — marketingda turli mamlakatlar yoki mintaqalar iste’molchilari o‘rtasidagi o‘xshashliklar va farqlarni o‘rganishdir.
KROSS-KURS — ikki valutaning ulardan har birining uchinchi valutaga, odatda AQSh dollariga nisbatan kursi orqali belgilanuvchi almashtirish kursi.
“KROSS-OVER” NARXI - ilgari muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar qiymatini qoplash muddati kelguniga qadar ularning yangi chiqarilishidan kelgan tushumlar hisobiga mablag‘ bilan qayta ta’minlanadigan narx.
KUBATURA - kubometr hisobidagi hajm (o‘lcham).
KUK KO‘RSATKICHI - kredit muassasalari va tijorat banklarining xususiy sarmoyaning tavakkalchilik darajasiga qarab chamalangan aktivlar nisbatiga teng to‘lovga layoqatlilik darajasi.
KULAJ – materiallarni, mehnatni va vaqtni unumsiz sarflash.
KULISA — rasmiy birja maklerlari vositachiligisiz qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar amalga oshiriladigan norasmiy birja. Rasmiy birjaga qo‘yilmagan qimmatli qog‘ozlar odatda kulisaga murojaat qiladi. Bitimlar odatda bevosita sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida yoki norasmiy maklerlar orqali amalga oshiriladi, oborot esa katta miqdorlarda bo‘ladi. Kulisa operatsiyalari rasmiy birjalar faoliyati bilan chambarchas bog‘langan, ammo qimmatli qog‘ozlar kurslari bu birjalarda turlicha bo‘ladi.
KULISE (KULISACHI) — birjada tijorat bitimlari tuzuvchi norasmiy birja vositachisi, norasmiy makler (odatda norasmiy fond birjasi — kuliseda).
KUMULYATIV AKSIYA — biron yili aksiya ushlovchi olgan devidend belgilangan miqdordan kam bo‘lganda keyingi yillarda qo‘shimcha foyda olish huquqini beruvchi aksiya.
KUMUSH STANDARTI - har qanday pul birligi qonunan belgilangan kumush ta’minotiga ega bo‘lib, kumushga almashtirilishini ko‘zda tutuvchi pul munosabatlari shakli.
KUNA (rus. “kunitsa” suvsar yoki lot. cuneus metalldan yasalgan) - Mo‘g‘ullar bosqiniga qadar Qadimgi Rus pulining yig‘ma nomi. Uning tarkibiga qimmatbaho mo‘ynali hayvonlar mo‘ynalari ham kirgan. U XIV asrga qadar mavjud bo‘lib, yangi pul birligi denganing paydo bo‘lishi bilan muomaladan chiqib ketgan.
|
| |