|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 411/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)KAPITAL BOZORI — uzoq muddatli operatsiyalar bozori.
KAPITAL MABLAG‘LAR — ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida asosiy mablag‘larni oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun tayinlangan moliyaviy mablag‘lar.
KAPITAL TOVARLAR — sanoat mahsulotlari yoki yangi moddiy boyliklar yaratishda, masalan, stanoklar — dastgohlar ishlab chiqarishda foydalaniladigan boshqa tovarlar. Kapital tovarlar ba’zida “oraliq tovarlar” deb ataladi, negaki ular bor-yo‘g‘i inson ehtiyojlarini bilvosita qanoatlantiradi, ba’zida esa ishlab chiqarish maqsadidagi tovarlar yoki ishlab chiqarish vositalari deb ham ataladi, chunki kapital tovarlardan boshqa tovarlarni ishlab chiqarilayotganda foydalaniladi.
KAPITAL QAYTIMI — iqtisodiyotda kapital mablag‘lardan samarali foydalanishni xarakterlovchi ko‘rsatkich. Miqdoran kapital sig‘imning teskari ko‘rsatkichi hisoblanadi.
KAPITAL QURILISH - yangi qurilish, korxonalarni kengaytirish, rekonstruktsiya qilish, zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash, asosiy vositalarni mukammal ta’mirlash, shu jumladan loyiha-qidiruv ishlarini bajarish.
KAPITAL QO‘LLANMA – ma’lum maqsad uchun, ko‘pchilik hollarda muayyan ob’ektlar qurilish yoki ta’mirlanishi, yangi quvvatlarni o‘zlashtirishi uchun davlat markaziy yoki mahalliy mablag‘lari, korxona mablag‘lari hisobidan moliyaviy fondlarning ajratilishi.
KAPITAL QO‘YILMALAR - quvvatlarni takror ishlab chiqarish, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ob’ektlarini qurishga qaratilgan resurslar va jami ijtimoiy mehnatning qiymatini aks ettiruvchi iqtisodiy kategoriya. Davlat tomonidan (davlat buyurtmasi), turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar, banklar hamda xususiy shaxslar tomonidan ajratiladigan pul mablag‘lari kapital qo‘yilmalarning manbalari bo‘lishi mumkin. Kapital qo‘yilmalar yangi korxonalar qurishga yoki amaldagi korxonalarni qayta ta’mirlashga yo‘naltirilishi mumkin.
KAPITAL TA’MIRLASH – asosiy vositalarni yirik ko‘lamda butkul detallari, ismlarini almashtirish bilan bog‘liq qayta ta’mirlash tushuniladi.
|
| |